Matbuot sharhlari 22.06.2022

Sabah: “Erdog’an Jonson va Kaja Kallas bilan uchrashdi” Prezident Rajap Tayyip Erdog’an kecha Angliya Bosh vaziri Boris Johnson va Estoniya Bosh vaziri Kaja Kallas bilan telefon orqali muloqot qildi.

1846618
Matbuot sharhlari 22.06.2022

 

Sabah: “Erdog’an Jonson va Kaja Kallas bilan uchrashdi”

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an kecha Angliya Bosh vaziri Boris Johnson va Estoniya Bosh vaziri Kaja Kallas bilan telefon orqali muloqot qildi. Aloqa boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda, Erdo'g'anning liderlar bilan mintaqaviy mavzular bilan bir qatorda Ukrainadagi don inqirozini ham muhokama qilgani bildirildi.

Star: “Inqiroz Turkiyada hal qilinadi”.

Global don muammosini hal qilish uchun Istanbulda to'rtlik don sammiti o'tkaziladi. Prezidentlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, sammitda Ukraina va Rossiya delegatsiyalari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ham ishtirok etadi. Milliy Mudofaa vazirligi delegatsiyasining g'alla muammosini hal qilish uchun shu hafta Rossiyaga borishi ma'lum qilindi.

Haber Turk: “Turk olimlardan Qrim Kongoga davo bo’la oladigan tadqiqot”

Turk olimlari Kongo-Qrim gemorragik isitmasi (KKKA) kasalligini erta tashxislash va davolash uchun muhim tadqiqot olib bormoqda. Yuqumli kasalliklar bo'yicha mutaxassis professor Doktor O’nder Ergo’nul va KUISCID (Koch universiteti Ish banki yuqumli kasalliklar markazi) tadqiqotchilari KKKAni erta tashxislash uchun mahalliy PCR testini ishlab chiqish va Turkiyada keng qo'llanilishini maqsad qilgan.

Vatan: “Istanbulda sayyohlar sonining katta ortishi”

Istanbul gubernatori Ali Yerlikaya, may oyida Istanbulga kelgan sayyohlar sonining o'tgan yilning shu davriga nisbatan 264,6 foiz ortib, 1 million 402 ming 366 nafarga yetganini ma'lum qildi. Shaharga eng koʻp tashrif buyuruvchilar Germaniya, Eron, Rossiya Federatsiyasi, AQSh va Angliyadan kelgan.

Hurriyet: “THY uchun eng yuqori darajadagi sertifikat”

Turk Havo Yoʻllari IATA (Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi) ning IEnvA (Atrof-muhitni baholash) dasturida “Eng yuqori darajadagi sertifikat”ga ega boʻldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazetlar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar