Matbuot sharhlari 15.06.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1843660
Matbuot sharhlari 15.06.2022

                                    

Vatan gazetasi: “Erdo'g'an yangi xushxabarni e'lon qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an “Turksat 5B” sun'iy yo'ldoshini ishga tushirish marosimida so’zlagan nutqida, "Mahalliy va milliy kuzatuv sun'iy yo'ldoshimiz “Imeje”ni yanvar oyida, “Turksat 6A”ni esa, 2023 yilning o'rtalarida uchiramiz. Shunday qilib, koinotdagi sun'iy yo'ldoshlarimiz soni 10 taga yetadi”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Hulusi Akardan Gretsiya parlamenti vakillariga e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar NATO Parlament Assambleyasi (NATO PA) yig'ilishida Turkiyaga qarshi bayonotlar bergan Gretsiya deputatlariga qattiq munosabat bildirdi.

“Agar biz kurashayotgan, xalqimizga zarar yetkazayotgan, 40 ming kishini o‘ldirgan, 251 kishini qatl etgan PKK/YPG va FETOni u yerdagi lagerga (Lavrion) joylashtirsangiz, bu ittifoqchilikka to’g’ri kelmaydi. Bu do‘stlikka yarashmaydi. Bu holat ittifoqqa zarar yetkazadi”,-deb aytgan Hulusi Akar.

 

Sabah gazetasi: “Varank: Biz Yevropaning oliy ligasiga chiqdik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank shunday dedi: "2021-yilda 300 dan ortiq faoliyatimiz jami 1,5 milliard dollardan ortiq sarmoya olib keldi. Bu barcha davrlardagi rekordni yangiladi. Joriy yilning birinchi choragida jami 1 milliard 273 million dollarlik investitsiya bilan Yevropa bo’yicha eng yuqori ko’rsatgichga erishdik”,-dedi.

 

Star gazetasi: “Fitchdan Turkiya bo’yicha qaror” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Xalqaro kredit reyting agentligi “Fitch Ratings” iyun oyidagi hisobotida, joriy yilning birinchi choragida kutilganidan ancha yaxshi natijalarga erishgan Turkiya iqtisodiyoti joriy yil 4,5 foiz, 2023 yilda 3 foiz va 2024 yilda 2,9 foiz o'sishi kutilganligi qayd etildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Terrordan tozalangan hudud xorijlik sayyohlarga mezbonlik qilmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, xavfsizlik kuchlarining operatsiyalari bilan terrordan tozalangan Turkiyaning  Hakkari viloyatidagi tog'li hududlar va yaylovlar nafaqat, Turkiyaning turli viloyatlaridan kelgan ziyoratchilarga balki, xorijlik sayyohlarga ham mezbonlik qilmoqda.

Germaniyadan kelgan 20 nafar sayyoh 3800 metr balandlikdagi “Berchelan” yaylovida sayr qilib, tabiat manzarasining zavqini chiqardi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar