Matbuot sharhlari 03.06.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1837464
Matbuot sharhlari 03.06.2022

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an: Turkiya kosmik poygada eng oldingi safda bo‘ladi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an o‘rta maktab o‘quvchilariga xitob etgan holda, “Aziz yoshlar, biz kosmik poygada oldingi safda bo‘lamiz”.-dedi. Kosmik poygani TEKNOFEST nasli bilan qozonishlarini qayd etgan Erdo‘g‘an, bu boradagi infratuzilma tayyorgarliklari davom etganini ta’kidladi.

Star gazetasi: Turkiya Suriya masalasida AQShga qarshi chiqdi. Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari-elchi Sedat Oʻnal Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi (BMT) doimiy vakili Linda Tomas-Grinfildga, PKK/YPG/PYD terror tashkilotining nafaqat Suriyaning hududiy yaxlitligi, balki Turkiyaning milliy xavfsizligi uchun ham xavf tugʻdirganini yodga soldi. Oʻnal, Turkiyaning terror tashkilotlariga qarshi kerakli chora-tadbirlarni olishni davom etishini ta’kidladi.

Hürriyet gazetasi: Stoltenberg: “Turkiya tashvishlarini muhokama qilishimiz kerak”. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiyaning (terrorni qo‘llab-quvvatlagani uchun) Shvetsiya bilan Finlandiyaning NATO aʼzoligiga bo‘lgan eʼtirozini Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden bilan muhokama qildi. Uchrashuv ortidan bergan bayonotida Stoltenberg, “NATOning ittifoqdoshi bo‘lgan Turkiya ba’zi tashvishlarini yetkazganida buni NATO ichida gaplashib, mushtarak yo‘l topishimiz zarur”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Malayziya: “Chegara xavfsizligi haqida ma’lumot olinuvchi eng maqul mamlakat Turkiyadir”.-dedi. Malayziya Ichki ishlar vaziri Hamzah Zainudin, “Turkiyaning chegara boshqaruvidagi chora-tadbirlaridan ilhomlanib, oʻz nazorat markazimizni tashkil qilmoqchimiz. Chunki Turkiyaning chegarada muhim obyektlari borligini ko‘rdik. Turkiya kiber jinoyatlarga qarshi qanday kurash olib borish, chegaralar qanday himoya qilinib, qanday boshqariladi degan savollarga javob topishimiz uchun eng yaxshi davlatdir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vatan gazetasi: Turkish Cargo jadal ravishda o‘sish qayd etgan yuk tashuvchi brendga aylandi. Turk Havo yo‘llarining havoda yuk tashuvchi brendi bo‘lgan Turkish Cargo, Stat Trade Times jurnali tomonidan uyushtirlgan marosimda, 2022-yilning eng jadal o‘sish qayd etgan xalqaro yuk tashuvchi havo yo‘li mukofatiga sazovor bo‘ldi.  

 



Aloqador xabarlar