Matbuot sharhlari 25.05.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1832021
Matbuot sharhlari 25.05.2022

 

Star: “Erdog’an: Turkiya hech bir mazlumdan yuz o’girgani yo’q”

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Prezidentlik majmuasida bo'lib o'tgan Oliy maslahat kengashi yig'ilishida so'zlagan nutqida, Turkiya butun yil davomida bo'lgani kabi o'z chegarasida joylashgan va qandaydir yo'l bilan o'z yurtiga panoh topgan hech bir mazlum yoki jabrlangandan yuz o'girilmasligini aytdi. 

Hurriyat: “Uylariga qaytgan Suriyaliklar soni 500 mingdan oshdi”

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an, Turkiya Suriya shimolida xavfsiz holatga keltirgan hududlarga qaytganlar sonining 500 mingdan oshganini aytdi. Erdo'g'an, bu hududlarda xalqaro moliyalashtirish bilan quriladigan yangi turar-joylar bilan ko'proq Suriyalikning uylariga qaytishini ta'minlayliklarini bildirdi.

Yeni Shafak: “Operatsiyaga tayyorgarlik tugallandi”

Suriya shimolida “xavfsiz hudud” yaratish maqsadida 2016-yildan buyon 4 ta yirik amaliyot uyushtirgan Turkiya, beshinchi operatsiya uchun tayyorgarlikni yakunladi. Prezident RajAp Tayyip Erdog’an tomonidan ishora qilingan yangi amaliyotning mumkin bo’lgan nishonlari hali ham bo’lginchi terror tashkiloti PKK/YPG ishg’oli ostida bo’lgan Tel Rifat, Ayn-El Arap, Ayn Iso va Manbijdir deyildi.

Haber Turk: “Stoltenberg: Turkiya barcha ittifoqchilar uchun muhim bir  davlat”

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Turkiyaning geografik va strategik jihatdan muhim davlat, barcha ittifoqdosh davlatlar uchun muhim davlat ekanligini ta’kidlab, “Terror hujumlaridan eng ko’p zarar ko’rgan davlat Turkiyadir. "NATO tarkibidagi boshqa ittifoqdosh davlatlardan ko'ra ko'proq."

Sabah: “Chavushog'lu: Falastinning yonida bo'lishga davom etamiz”

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Falastinni qo’llab-quvvatlash Turkiyaning ustuvor yo’nalishi bo’lishda davom etishini bildirdi. Turkiyaning Falastin davosini eng ko’p himoya qilgan davlat ekanligini ta’kidlagan Chavusho’g’li, “Falastinlik birodarlarimizning mustaqil va suveren davlat uchun kurashlarida yonida bo’lishga davom etamiz” dedi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Mabuot , #Turk

Aloqador xabarlar