Matbuot sharhlari 18.05.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1828597
Matbuot sharhlari 18.05.2022

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an Birlashgan Arab Amirliklariga ta’ziya izhor etdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an sobiq Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Prezidenti Shayx Xalifa Bin Zoid Al-Nahayonning vafoti munosabati bilan Abu Dabiga bordi. Erdo‘g‘an ushbu tashrifi doirasida BAA Prezidenti va Abu Dabi Amiri Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayon bilan uchrashdi.

Yeni Şafak gazetasi: Bayraktar TB2 Ukrainada o‘yinni o‘zgartirdi. Rossiya tomonidan qariyb 3 oy oldin boshlatilgan urushda Ukraina armiyasining mudofaa chizig‘ida Turk Insonsiz havo transporti Bayraktar TB2 muvaffaqiyatini davom ettirmoqda. Ingiliz matuoti, urush boshlagan kundan beri Ukraina mudofaasida 800 dan ortiq hujum qayd etgan Bayraktar TB2lardan rus armiyasi bezovta ekanini bildirdi.  

Vatan gazetasi: Shvetsiya bilan Finlyandiya Turkiya haqida bayonot berdi. Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinisto, yurtining NATO a’zoligi va Turkiyaning bunga munosabati haqida, “Muammoni hal qilishimizga ishonchimiz komil” der ekan, Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson, “Turkiya bilan gaplashib, har qanday muammoni hal qilishga tayyormiz”,-dedi.

Sabah gazetasi: Turkiya yirik va mayda qoramol sonida Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlardan o‘zdi. Yevropa statistika ofisi (Eurostat) ma’lumotiga ko‘ra Turkiya, Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlar bilan solishtirganda yirik va mayda qoramol sonida lider hisoblanadi.

Star gazetasi: Ruslar birinchi marotaba yuqori o‘rinda. Ruslarning Turkiyadan xarid qilib olgan uy-joylari soni joriy yilning aprel oyida o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 186.6 foizga o‘sgan holda 1 ming 152 donaga yetdi. Rus fuqarolari bu orqali, uy-joy xarid qilib olgan chet elliklar ro‘yhatida birinchi marotaba yuqori o‘ringa chiqdi.

 



Aloqador xabarlar