Matbuot sharhlari 06.04.2022

Star: "Bucha va Irpin haqida Turkiyadan bayonot: javobgarlar javobgarlikka tortilishi kerak".

1807863
Matbuot sharhlari 06.04.2022

 

Haber Turk: "Zelenskiy turk matbuotiga gapirdi"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Haber Turk” nashriga bergan intervyusida. Rossiyaning poytaxt Kievdan quvilganini tilga olgan Zelenskiy, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga hissa qo'shgan har bir kishi urush jinoyatchisi ekanini aytdi. Zelenskiy, “Turkiyaning to‘liq qo‘llab-quvvatlashiga ishonamiz” dedi.

Star: "Bucha va Irpin haqida Turkiyadan bayonot: javobgarlar javobgarlikka tortilishi kerak"

Tashqi ishlar vazirligi, “Ukrainaning poytaxti Kiyev yaqinidagi Bucha va Irpin kabi turli hududlardan matbuotda aks etgan qirg‘in tasvirlari insoniyat uchun dahshat va qayg‘ulidir. Begunoh fuqarolarni nishonga olish hech qachon qabul qilinishi mumkin emas, aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak”.  Deya qayd etildi.

Hurriyet: “Turkiyaning Mariupoldan evakuatsiya qilish formulasi”

Rossiya ishg’olida vayron bo’lgan va katta gumanitar falokat tomon ketayotgan Ukrainaning Mariupol shahridan 80 ming tinch aholini evakuatsiya qilish uchun Turkiya formulasi kun tartibida. Turkiyaning mintaqadagi evakuatsiya operatsiyasini Ukraina ham, Rossiya ham olqishlamoqda. Qutqaruv operatsiyasi dengiz orqali amalga oshirilishi taxmin qilinmoqda.

Sabah gazetasi: “AQSh bilan munosabatlarda yangi davr”

Turkiya va Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) o'rtasida iqtisodiy, harbiy va siyosiy masalalarda hamkorlikning yangi davri boshlandi. Turkiya-AQSh strategik mexanizmi doirasida poytaxt Anqaraga kelgan AQSh Davlat kotibi maslahatchisi Viktoriya Nuland, “kuchli hamkorlik” xabarini berdi. Ikki davlat oʻrtasida 100 milliard dollarlik savdo ayirboshlash maqsad qilingan.

Vatan: “Mahalliy vertolyot ATAKda yangi rivojlanish”

Mahalliy va milliy manbalar bilan ishlab chiqarilgan ATAK hujum vertolyotining xorijga yetkazib berilishida sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Mudofaa sanoati raisi  Ismoil Demir o'zining Twitter sahifasida "Mudofaa sanoatimiz uchun yana bir faxrli kun. “ATAK vertolyotlarimizni xorijda birinchi marta Filippinga yetkazib beramiz dedi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar