Matbuot sharhlari 05.04.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1807371
Matbuot sharhlari 05.04.2022

Star gazetasi: Erdo‘g‘an: “Türkiye sifatida bu nozik jarayonda Tunisning yonidamiz”. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Tunisda yuz bergan voqealar haqida: Saylanganlar bor majlisning tarqatilishi, Tunis kelajagi jihatidan xavotirga soladi va bu Tunis xalqi irodasini nishonga olgan bir to‘ntarishdir. Türkiye sifatida bu nozik jarayonda do‘st va qardosh Tunisning, Tunis xalqining yonida bo‘lishni davom etamiz”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Türkiyening Kiyevdagi elchixonasidan Bucha haqida bayonot. Türkiyening Kiyevdagi elchixonasi, Ukraina poytaxti Kiyev yaqinidagi Bucha va Irpin kabi turli mintaqalardan matbuotda aks etgan tasvirlarni, “dahshatli” deb baholar ekan ayni vaqtda, “gunohsiz tinch aholining nishonga olinishini qabul qilish imkonsiz”.-dedi.   

Vatan gazetasi: Zelenskiy: Türkiye bilan ko‘rishyapmiz. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Ukrainada rus kuchlaridan qutqarilgan Bucha shahriga uyushtirgan tashrifida Mariupoldagi oxirgi vaziyat haqida: “Mariupolda ahvol yaxshi emas. Men armiyamiz bilan har doim aloqadaman. Evakuatsiya masalasida Türkiye bilan ko‘rishyapmiz. Yaqinda javob olamiz”.-dedi.

Hürriyet gazetasi: Eksportda tarixiy rekord qayd etildi. Savdo vaziri Mehmet Mush, mart oyiga oid tashqi savdo raqamlarini ma’lum qildi. Mart oyida eksport 19.8 foizga ortgan holda 22.7 milliard liraga chiqdi va bu borada respublika tarixida rekord o‘rnatildi.

Sabah gazetasi: 62 yildan beri NATO qarorgohining devorlarini bezamoqda. Taniqli rassom, yozuvchi va shoirimiz Bedri Rahmi Eyubo‘g‘lu tomonidan yasalgan mozaika devor, 62 yildan beri NATO qarorgohi binosida namoyish etilmoqda. 1960-yili Turk hukumati tomonidan ana shu davrlarda Fransiya poytaxti Parijda joylashgan NATO binosiga tuhfa qilingan mozaika, bugungi kunda esa NATOning oxirgi bekati Bryusselda.

 



Aloqador xabarlar