Matbuot sharhlari 29.12.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1754356
Matbuot sharhlari 29.12.2021

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an: Dunyo mudofaa sanotida biz erishgan muvaffaqiyat haqida gapirmoqda. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an mamlakatlar kuchining bundan buyon yuqori texnologiyali faoliyatlari bilan o‘lchanayotganiga e’tibor qaratgan holda: “Mudofaa sanoatida biz erishgan muvaffaqiyat bugungi kunda butun dunyo tilida”.-dedi. Erdo‘g‘an, Turkiyaning mintaqa kelajagini shakllantirgan yetakchi davlatlardan biri ekani haqidagi tahlillarning tobora ortib borayotganini qayd etdi.

Hürriyet gazetasi: Bu hafta TURKOVAC vaksinasi foydalanila boshlaydi. Covid-19ga qarshi TURKOVAC vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berilar ekan uni seriyaviy ishlab chiqarish ishlari ham boshlaganini ma’lum qilgandik. Endilikda aholining ushbu vaksınadan foydalanish imkoni berilmoqda. Shu doirada emlanmoqchi bo‘lganlarga Sinovac va Biontech vaksinasi bilan birga TURKOVAC ham yangi alternativ sifatida taklif qilinadi. TURKOVAC ixtirochisi professor doktor Aykut O‘zdarendeli, “Hammada yuz foiz antikor javobining borligi jiddiy natijadir”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya bor koni eksportida rekord o‘rnatdi. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez, bor koni sotishining 1 milliard dollardan oshib rekord o‘rnatganini ma’lum qildi. Do‘nmez, “Dunyoda biz yetakchilik qilgan bor konida batareya texnologiyasida foydalanilgan lityum ishlab chiqarish ishlari ham boshlandi. Energiya texnologiyalarida xususiy tarmoqlarda ham bor texnologiyalarida bundan buyon jahon brendiga aylanadigan ishlarni taqdim etmoqchimiz”.-dedi.

Star gazetasi: Turkiya do‘st olka Albaniyaga yordam qo‘lini uzatdi. Turkiya tomonidan Albaniyaning Lach shahrida yer silkinishi qurbonlari uchun qurilgan uy-joylar, oilalarga topshirildi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Albaniyada 2019-yilning 26-noyabrida yuzaga kelgan yer silkinishining hamon ortidan ofat qurbonlari uchun 500 uyning qurilishi uchun buyruq bergandi.  

Sabah gazetasi: Dunyo yulduzlarining Istanbulga bo‘lgan sevgisi. Italiyaning Inter futbol klubi a’zosi Edin Djeko, tunov kuni rafiqasi Amra Silaydjij va farzandlari bilan Istanbulda dam oldi. Ayasofiya, Gulhane va Kapalicharshini tomosha qilgan futbolchi, qariyb 15 ming yevrolik bozor qildi. Beyonse bilan amalga oshirgan faoliyatlari bilan ham tanilgan fransiyalik qo‘shiqchi Villi Uilyam ham Istanbulda edi. Uilyam, Turkiyaga oldin ham kelib sayohat qilgan va Turkiyani yaxshi ko‘rishini bildirgandi.

 



Aloqador xabarlar