Matbuot sharhlari 17.12.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1749069
Matbuot sharhlari 17.12.2021

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdoʻgʻan videokonferensiya orqali Ilon Mask bilan uchrashdi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan videokonferensiya orqali Tesla va SpaceXin asoschisi Ilon Mask bilan uchrashdi. Erdoʻgʻan va Mask uchrashuvida avtonom elektr transport vositalari, raqamli iqtisodiyot, uzoq muddatli investitsiyalar va mavjud hamkorlikni yaxshilashga qaratilgan qadamlar baholandi.

Star gazetasi: Turkiya Afrikada kuchini orttirmoqda. Fransiyaning bir oyda bir marotaba nashr etilgan Capital jurnali, Turkiya ishlab chiqargan Qurolli Insonsiz havo transportlariga Afrika davlatlaridan katta talab borligi haqida yozib chiqdi. Ushbu xabarda Turkiyaning Rejep Tayyip Erdoʻgʻan orqali Afrikadagi kuchi ortgani va Turk Qurolli Insonsiz havo transportlariga boʻlgan talabning Afrika davlatlarida yuqori darajada ekani ta’kidlandi.   

Yeni Şafak gazetasi: Ozarbayjon va Armaniston temir yoʻllar masalasida kelishib oldi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan uchrashuvi natijasida kelishib olingan va Ozarbayjondan boshlab Armaniston orqali Naxchivonga boruvchi temir yoʻli liniyasi, bir necha yangilikni ham oʻzi bilan birga olib keladi. Shunga koʻra ushbu temir yoʻli orqali Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya va Armaniston oʻrtasidagi mintaqaviy savdo ortadi. Uning strategik ahamiyatga ega Zanguzar koridorida oʻrin olishi esa, iqtisodiy ma’noda katta ustunlik beradi.  

Vatan gazetasi: Turk firmasidan Bokuga yirik investitsiya. “Demirören Holding” Ozarbayjonda dori-darmon fabrikasi ochadi. Bu orqali qariyb 500 kishini ish bilan ta’minlab, strategik investitsiya kiritilishi rejalashtirilmoqda. Sogʻlikni saqlash sohasida dori-darmon bozoriga muhim yangilik olib kiruvchi ushbu investitsiya, Mustaqil Davlatlar tashkilotiga kirish imkoni ham beradi.  

Hürriyet gazetasi: Turkiya eksport raqamini 2025-yili 300 milliard dollarga chiqarmoqchi. Turkiya Eksportchilar majlisi rahbari Ismail Gulle, 2026-yil uchun belgilab olingan 300 milliard dollarlik eksport rejasini 1 yil oldinga siljitganliklarini bildirdi. Gulle, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi bilan birga global ta’minot zanjirida yangi davr boshlaganini va Turk eksport tarmogʻining bu vaziyatni oʻz foydasi uchun ishlatishga muvaffaq boʻlganini qayd etdi.   

 



Aloqador xabarlar