Matbuot sharhlari 18.11.2021

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an Anqarada Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan mushtarak matbuot anjumani o’tkazdi.

1735570
Matbuot sharhlari 18.11.2021

 

Haber Turk gazetasi: “Erdo’g’an: Yevropa Ittifoqining (YI) aniq qadamlar tashlashini kutamiz”

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an Anqarada Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan mushtarak matbuot anjumani o’tkazdi. Ispaniya bilan mushtarak samolyot tashuvchi kema qurayotganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an, Yevropa Ittifoqining Turkiyaga nisbatan aniq qadam tashlashini istaganlarini  aytdi. Ikki davlatning tartibsiz migratsiyada katta yuk bo'lganini ifoda etgan Erdo'g'an, bojxona ittifoqini yangilash va vizani ozod qilish uchun ish boshlash kerakligini aytdi.

Star: "Sanches: Turkiya o'rtachadan yuqori o'smoqda"

Turkiya va Ispaniya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning favqulodda darajaga etganini ifoda etgan Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchez, “Turkiya ham o'rtachadan yuqori o'smoqda. Kelajakda ham shunday davom etadi”, dedi u. Sanches, Turkiyaning Yevropa Ittifoqi (YI) bir qismi bo'lishini istashlarini bildirdi.

Yeni Shafak gazetasi: “Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSh) bilan mudofaa sammiti”

AQSh bilan harbiy mavzular muhokama qilingan Oliy darajali mudofaa guruhi yig'ilishi 4 yildan so'ng Vashingtonda bo'lib o'tdi. Ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashilgan uchrashuvning “ijobiy” va “konstruktiv” o‘tgani ma’lum qilindi. Keyingi uchrashuv Turkiyada bo'lib o'tadi.

Hurriyet: “Turkiya turizmda Italiya va Ispaniyani ortda qoldirdi”

Dunyodagi turizm sektori so‘nggi 2 yil davomida yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) ta’sirini boshdan kechirmoqda. Biroq, tiklanish jarayoni allaqachon boshlangan. Oxirgi ikki yil ichida Turkiya turizmda O'rta yer dengizi havzasidagi mamlakatlardan tezroq o'sdi. 2021-yilning dastlabki to‘qqiz oyida Turkiya Ispaniya va Italiyadan ko‘ra ko‘proq xorijliklarni qabul qildi.

Vatan gazetasi: “Turkiya eksporti jahon bozorida 1 foizga oshdi”

Tijorat Vaziri Mehmet Mush, "Oxirgi 20 yil ichida Turkiya birinchi marta jahon eksportida 1 foiz darajasiga yetdi" dedi. Mehmet Mush, oktabr oyida eksportning importga nisbati 93,4 foiz bo'lganini, shuning uchun 10 oyda eksportning importga nisbati o'tgan yilning shu davriga nisbatan 7,2 ball ortib 84,3 foizga yetganini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Matubuot , #Turk

Aloqador xabarlar