Matbuot sharhlari 14.09.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1706065
Matbuot sharhlari 14.09.2021

Haber Türk gazetasi: Erdo‘g‘an: “Turkiyani investorlar uchun jozibali davlatga aylantirdik”. Turkiyani investorlar uchun jozibali davlatga aylantirganliklarini ifoda etgan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, bundan buyon ham Turkiya kuchiga, iqtisodiyotiga ishongan barcha investorlar yonida bo‘lishni davom etishlarini qayd etdi. Prezident Ero‘g‘an iqtisodiyotda o‘sish saviyasining davom etishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an, “Yana-da adolatli dunyo mumkin” degan nom ostida kitob qalamga oldi. Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak Parti) Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik, Prezident Erdo‘g‘an tomonidan, “Yana-da adolatli dunyo mumkin” deb nomlangan kitob chop etilganini belgilab o‘tgan holda, “Bu kitob yurtimizning siyosiy va turli masalalarda yetakchilik qilgan mavzular haqida”.-dedi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) samarali xizmat berolmaganini ta’kidlagan Chelik, “Bu kitobda Turkiyaning islohot bo‘yicha qanday takliflar kiritganiga ham guvoh bo‘lasiz”.-deya gapirdi.

Yeni Şafak gazetasi: Chavusho‘g‘lu butun dunyoni Afg‘oniston uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Afg‘oniston Oliy darajadagi vazirlar yig‘ilishida nutq so‘zladi. O‘z so‘zida Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam yetkazib berishning ahloqiy vazifa ekaniga e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘lu, “Afg‘onistondagi inqiroz butun dunyoga to‘g‘ridan-to‘gri ta’sir qiladi. Shunday ekan, birgalikda harakat qilishimiz zarur”.-dedi.  

Star gazetasi: AQSh Afg‘oniston masalasi ustidan Turkiyaga rahmat aytdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) davlat kotibi Entoni Blinken, Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi “Hamid Karzai” nomidagi xalqaro aeroportning qayta ochilishi masalasida Turkiya va Qatar bilan yaqin hamkorlikda ekani va hozirda charter qatnovlari uchun xizmatga ochilgan aeroport uchun ikkala davlatga ham minnatdorchilik bildirganliklarini ta’kidladi.

Sabah gazetasi: TEKNOFEST 2021 festivali boshlash arafasida. TEKNOFEST Aviatsiya, kosmik va texnologiya festivali 21-26 sentabr kunlari Istanbuldagi “Ataturk” nomidagi aeroportda bo‘lib o‘tadi. Katta qiziqish bilan kutilgan ushbu festivalda, “Texno mo‘jaro” loyihasi ostida bolalar mehmon qilinadi. “Texno mo‘jaro”, yangi avlod bolalarga texnologiya, axborot va mudofaa sanoati sohalarida to‘g‘ri va foydali ma’lumotlar beradi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar