Matbuot sharhlari 08.06.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1653707
Matbuot sharhlari 08.06.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Fransiya bilan munosabatlarimizni o’zaro hurmat asosida mustahkamlashni xohlaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha, 7 iyun kuni Fransiyaga amaliy tashrifi doirasida mamlakat tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian bilan uchrashdi.

Mavlud Chavusho’g’li twitter orqali uchrashuv haqida fikr bildirdi.

“Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian bilan ko’p qirrali munosabatlarimizni muhokama qildik. Shuningdek, ahamiyatga molik mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdik. Fransiya bilan munosabatlarimizni o’zaro hurmat asosida yana-da mustahkamlashni xohlaymiz”,-deb yozgan Turkiya TIV rahbari twitterdagi sahifasida.

 

Sabah gazetasi: “Energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez qo’shimcha zaxiralar aniqlashimiz mumkin dedi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez Turkiya bugungi kunda iste’molchi davlatdan ishlab chiqaruvchi davlatga aylanganligini bildirdi.

“Hozirda Sakariyadagi tabiiy gaz konining shimoli sharqida ish olib boryabmiz. Balki, joriy yil davomida o’sha konning janubi va g’arbida qo’shimcha zaxiralarni qidirish maqsadida quduq ochishimiz mumkin”,-dedi Fotih Do’nmez.

 

Xabar turk gazetasi: “Yevropa bo’yicha raqamli reklama investitsiyalari rivojlangan davlat Turkiya bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevropa bo’yicha raqamli reklama investitsiyalari 6.3 foizga oshib, 70 mlrd yevroga yaqinlashar ekan, Turkiya 34.8 foiz bilan 28 davlat orasida eng ko’p rivojlangan davlatga aylandi.

 

Star gazetasi: “Turkiyaga kelib, qurolli dronlarni yaqindan ko’zdan kechirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Latviya bosh vazir o’rinbosari va mudofaa vaziri Artis Pabriks kecha Turkiyaga tashrif buyurib, mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan “Baykar” milliy uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar zavodida bo’ldi va u yerdagi faoliyatlar bilan tanishdi.

“Turkiya mudofaa sanoati dunyo bo’yicha eng yuqori jahon standardlariga ega. NATO ittifoqdoshi sifatida bunga katta ahamiyat beryabmiz”,-dedi Latviya mudofaa vaziri.

 

Yeni shafak gazetasi: “Besh oyda 30 mln yo’lovchi havo yo’llaridan foydalandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Davlat havo maydonlari boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan yanvar-may oylariga doir statistika ma’lumotlariga ko’ra, Turkiyada joriy yilning dastlabki besh oyi davomida Turkiya havo yo’llaridan foydalangan yo’lovchi soni 30 mlnga yaqinlashdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar