Matbuot sharhlari 07.05.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1635716
Matbuot sharhlari 07.05.2021

 

Vatan gazetasi: “Mavlud Chavusho’g’lidan Misr bo’yicha bayonot: muzokaralar davom etadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Qohirada Turkiya va Misr delegatsiyalari ishtirokida bo’lib o’tgan muzokaralar samimiy, konstruktiv va do’stona muhitda o’tganligini ma’lum qildi.

Muzokaralarni tashkil etish bo’yicha Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukru bilan ko’p marotaba muloqot qilganligini aytgan Mavlud Chavusho’g’li: “Kelgusi jarayonda aloqalarimizni har tomonlama normallashtirish yo’lida qadam tashlash bo’yicha muzokaralarimiz davom etadi”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyadan xalqaro hamjamiyatga Isroil bo’yicha chaqiriq” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vazirligi Isroilni G’arbiy Sheriya va Al-Qudsdagi noqonuniy turar-joy punktlarini kengaytirish tashabbusiga qarshi xalqaro hamjamiyatni chora ko’rishga chaqirdi.

 

Star gazetasi: “Turkiya vaksinasi JSST ro’yxatiga kiritildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya ilmiy va texnologik tadqiqot tashkiloti (TUBİTAK) rahbari professor Xasan Mandal turk olimlari tomonidan koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan inaktiv vaksina JSST ro’yxatiga olinganligini ma’lum qildi. Virusga o’xshash zarrachalarga (VLP) asoslangan vaksina ham JSST ro’yxatiga kiritilgandi.

 

Sabah gazetasi: “Turk mudofaa va aviatsiya sektorining eksport ro’yxatida AQSh birinchi o’rinda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, joriy yilning 4 oyida Turkiyadan taxminan 1 mlrd dollar qiymatida mudofaa va aviatsiya sanoati mahsulotlari eksport qilindi. Mahsulot eksport qilingan davlatlar ro’yxatida AQSh (386.1 mln dollar) birinchi o’rindan joy oldi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Rossiya delegatsiyasi Turkiyaga kelmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya madaniyat va turizm vaziri o’rinbosari Nodir Alparslon o’tgan hafta Turkiyaga tashrif buyurgan Ukraina delegatsiyasi “ishonchli turizm sertifikat dasturi”ni muvaffaqiyatli deb topganligini bildirib, “Rossiya uchun ham ushbu dasturimizni ishga solmoqchimiz. Ramazon bayramidan oldin Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashishimiz mumkin”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar