Matbuot sharhlari 15.04.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1621641
Matbuot sharhlari 15.04.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Yoshlar savol so’radi, Erdo’g’an javob berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha “Kutubxonadagi suhbatlar” nomli tadbir doirasida Millat kutubxonasidagi yoshlarning savollariga javob berdi. Erdo’g’an Kanal Istanbul loyihasi haqida “Ushbu loyiha asosida o’z mustaqilligimizni, o’z suverenitetimizni batamom ta’sis etadigan shox asar bunyod etamiz”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Mavlud Chavusho’g’lining Misr haqidagi bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha Misr va Turkiya munosabatlari haqida bayonot berdi.

“Misr bilan Turkiya munosabatlarida yangi sahifa ochilmoqda. O’zaro ziyoratlarni jadallashtirishga kelishib oldik” ,-dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

 

Yeni shafak gazetasi: “Fahrettin Altun: Vilders irqchilik, zo’ravonlik va fashizm tarafdori” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Administratsiyasi aloqa bo‘limi boshlig‘i Fahrettin Altun Niderlandiyaning Ozodlik partiyasi rahbari Geert Vildersning “Islomni va Ramazonni to’xtating!” degan so’zlarini tanqid qildi.

“Qalbi tosh Vilders ekstremizm, zo’ravonlik va fashizm tarafdori. Islom ekstremizm, zo’ravonlik va fashizmni qoralaydi. Irqchilikni to’xtating!”,-dedi Fahrettin Altun.

 

Star gazetasi: “Qidiruvda bo’lgan terrorist yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu Turkiyaning Diyarbakir viloyatida 5 nafar tinch aholi vakilini va jandarm xodimini qatl etgan PKK terror tashkilotiga a’zo jangari yo’q qilinganligini ma’lum qildi.

 

Sabah gazetasi: “Yashar Guler AQSh harbiy bosh shtabi boshlig’i general Mark Milley bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya harbiy bosh shtabi boshlig’i general Yashar Guler kecha AQSh harbiy bosh shtabi boshlig’i general Mark Milley bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog’ida kun tartibdagi dolzarb masalalar haqida fikr almashildi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar