Matbuot sharhlari 09.04.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1617804
Matbuot sharhlari 09.04.2021

 

Sabah gazetasi: “Prezident Erdo’g’anning mahalliy vaksina bo’yicha bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Islomiya Sakkizlik D-8 tashkilotining 10-sammitida koronavirusga qarshi mahalliy vaksina bo’yicha ma’lumot berdi.

“Turkiya sifatida insonlar ustida sinab ko’rilgan mahalliy vaksinamizni hech kimdan ayamasdan butun xalqlarning foydalanishiga topshiramiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Star gazetasi: “Germaniyaning FAZ gazetasi: “Turk qurolli dronlari nemis qo’shinini tadbir olishga majburladi” nomli maqola chop etdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Germaniyada nashr qilingan Frankfurt Allgemeine Zeitung (FAZ) gazetasi Ozarbayjon tomonidan Tog’li Qorabog’ urushida qo’llanilgan Turkiya qurolli dronlari (SİHA) Armanistonning 190dan ortiq tankini va zirhli vositasini yo’q qilganligi haqidagi xabarlar nemis qo’shinini larzaga solganligini yozdi. Maqolada Turk qurolli dronlarining ustun muvaffaqiyati nemis qo’shinini bunga qarshi tadbir olishga undaganligi qayd etildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiyadan 95 davlatga choy eksport qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, joriy yilning yanvar-mart oylari mobaynida Turkiyadan 95 davlatga choy eksport qilindi. Bu yilgi eksport miqdori o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 23 foizga ko’p. Qiymat jihatidan esa 33 foizdan oshdi. Bundan tushgan daromad esa, 5 mln 124 ming dollarni tashkil qildi.

 

Hurriyat gazetasi: “La Ligadan Kapadokiya manzarali El Clasico taqdimoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ispaniya birinchi futbol ligasining 30-haftasida Real Madrid bilan Barselona o’rtasida ertaga, 10 aprel kuni bo’lib o’tadigan musobaqa oldidan Kapadokiyadan manzaralar o’rin olgan video tasvir namoyish qilindi. Video tasvirda Turkiyaning muhim turistik maskanlaridan biri Kapadokiyada havo shari ustida Real Madrid va Barselona bayroqlari hilpiraganligi kuzatiladi.

 

Xabar turk gazetasi: “20-Boston turk fil’m festivaliga sanoqli kunlar qoldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, AQShdagi Boston Turk fil’m festivali 15-30 aprel kunlari bo’lib o’tadi. Mazkur festival bu yil koronavirus pandemiyasi sababli online shaklda amalga oshiriladi. Festivalda zamonaviy turk kinosining yorqin namunalari amerikalik tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar