Matbuot sharhlari 01.04.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1612668
Matbuot sharhlari 01.04.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’an muqaddas Ramazon oyidan keyin Shusha shahriga tashrif buyurishini bildirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiy Kengash norasmiy sammitida so’zlagan nutqida muqaddas Ramazon oyidan keyin Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahriga tashrif buuyurishini ma’lum qildi.

“Turkiyzabon mamlakatlarning Qorabog‘dagi turkiy yodgorliklarni himoya qilish va qayta tiklashda Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi muhimdir. Umid qilamanki, tez orada Ramazon oyidan so‘ng biz Shushaga tashrif buyuramiz, bu biz uchun yana bir bayramga aylanadi”, -deya ta’kidlagan Turkiya rahbari.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyadan AQShga keskin e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vazirligi AQShning Inson huquqlari bo’yicha hisobotiga keskin e’tiroz bildirdi.

“Demokratiyamizga qasd qilgan, yuzlab vatandoshimizni qatl etgan 15 iyul voqealaridan javobgar FETO ekstremist tashkilotini  “Gulen harakati”  deb ataganligi AQShning ushbu terroristik tashkilotga qarshi kurashimizni hamon idrok eta olganligini ko’rsatadi. Shuningdek, ushbu hisobotni tayyorlash jarayonida yana ushbu oqim vakillarining fikrini inobatga olganligini namoyon qiladi”,-deyiladi bayonotda.

 

Star gazetasi: “Vazir Mustafo Varankning mahalliy vaksiya bo’yicha bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank mahalliy vaksina ishlab chiqarish bo’yicha faoliyatlarga to’xtaldi.

“Vaksina ishlab chiqarish bo’yicha barcha sinov bosqichlari muvaffaqiyatli yakunlansa, joriy yil oxirida 50 mln doza vaksinaga ega bo’lamiz”,-dedi Turkiya sanoat va texnologiya vaziri.

 

Xabar turk gazetasi: “Fotih kemasi Turkali-2 qudug’ida 3950 metrgacha qazidi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Fotih burg’ulash kemasi Sakariyadagi tabiiy gaz zahirasi maydonidagi ikkinchi Turkali-2 qudug’ida 3950 metr chuqurlikkacha qazish ishlarini olib bordi va quduqdagi faoliyatlarini muvaffaqiyatli yakunladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “THYdan yo’lovchilarga bepul xizmat” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk havo yo’llari yo’lovchilar uchun “PressReader” orqali turli davlatlarda nashr qilingan gazeta va jurnallarni bepul o’qish imkoniyatini yaratdi. Yo’lovchilar parvozdan 24 soat oldin va parvozdan keyingi 24 soatgacha “PressReader”dagi barcha ma’lumotlarga bepul erishishi mumkin.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar