Matbuot sharhlari 18.03.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1603751
Matbuot sharhlari 18.03.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya vaksinatsiya kompaniyasi bo’yicha bizdan oldinda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Germaniyada nashr qilingan Die Welt gazetasi Turkiya koronavirusga qarshi emlash bo’yicha Germaniyadan ancha oldida ekanligini yozdi.

“Turkiya vaksina bilan tezkor ta’minlash va kuchli sog’liqni saqlash tizimi natijasida Germaniyani ortda qoldirdi”,-deyiladi xabarda.

 

Sabah gazetasi: “Italiyadan Turkiya iqtisodiyotiga maqtov” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Italiyada nashr qilingan “Il Sole 24 Ore” gazetasi Turkiyaning koronavirus pandemiyasi davrida qo’lga kiritgan iqtisodiy o’sish ko’rsatgichi haqida tahlil e’lon qildi. Unda Turkiya global xatar – koronavirusning salbiy oqibatlariga qaramay, 2020 yilning so’nggi choragida 5.9 foiz rivojlanib, jahon bozorini hayratga solganligi qayd etildi.

 

Vatan gazetasi: “Turkiyaning mart oyiga doir eksport ko’rsatgichida kutilmagan ortish” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya eksportchilar majlisi rahbari Ismoil Gulle Turkiya eksporti joriy yilni ijobiy o’sish ko’rsatgichi bilan boshlaganligini ma’lum qildi.

“Mart oyida juda yaxshi, yuqori ko’rsatgichlarga guvoh bo’lishimiz mumkin. Yillik miqyosda eksport hajmini 200 mlrd dollarga chiqarishni ko’zda tutyabmiz”,-dedi Turkiya eksportchilar majlisi rahbari.

 

Star gazetasi: “Jahon lideridan Turkiyaga yirik investitsiya” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Xitoy kompaniyasi Xiaomining Turkiyadagi zavodi 29 mart kuni ochiladi. Istanbulda joylashgan zavod yilda 5 mln dona aqilli telefon ishlab chiqaradi.

 

Xabar turk gazetasi: “Joriy yilda inglizlar turizm bo’yicha Turkiyani afzal ko’radi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Daily Telegraph gazetasi 2021 yilda inglizlarning dam olish maskani Turkiya bo’lishini yozdi.

Turkiyada 60 yoshdan kattalar koronavirusga qarshi emlanganligini yozgan gazeta, Turkiya turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’yning bayonotidan lavha e’lon qildi.

Vazir Britaniyadan kelgan sayyohlardan koronavirusga qarshi emlanganlik sharti talab qilinmasligini va 15 apreldan boshlab test natijasini ko’rsatish majburiyati yo’qligini qayd etgandi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar