Matbuot sharhlari 16.03.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1601921
Matbuot sharhlari 16.03.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Prezident Erdo’g’andan Baydenga tavsiya” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Suriyadagi urushning 10 yilligi munosabati bilan kecha “Bloomberg” jurnaliga maqola yozgan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an: “AQSh prezidenti Jo Bayden bergan va’dasini bajargan holda, Suriyadagi urushga barham berishi va demokratiya o’rnatish uchun biz bilan hamkorlikda ish olib borishi kerak”,-dedi.

Vatan gazetasi: “Turkiya islomofobiyaga qarshi shijoat bilan kurashadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin “15-Mart Islomofobiyaga qarshi xalqaro kurash kuni” munosabati bilan bayonot berdi.

“Turkiya Islomofobiya va musulmonlarga nisbatan nafratga qarshi kurashni har fursatdan foydalanib, xalqaro hamjamiyat kun tartibiga havola qilishga harakat qiladi va musulmonlarga nisbatan sodir etilayotgan bunday jinoyatlarga qarshi qat’iy kurash olib boradi”,-deb aytgan Ibrohim Kalin.

Sabah gazetasi: “Turkiyada qurol eksporti oxirgi 5 yilda 30 foiz oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Stockholm xalqaro tinchlik tadqiqoti instituti (SIPRI) 2016-2020 yillarga oid xalqaro qurol savdosi bo’yicha statistika ma’lumotlarini e’lon qildi. Bunga ko’ra, Turkiyada qurol eksporti, mudofaa sanoati sohasida mahalliy va milliy imkoniyatlar bilan ishlab chiqarilgan tizimlarning soni ortishi bilan 2016-2020 yillarni o’z ichiga olgan 5 yillik davrda 2011-2015 yillarga nisbatan 30 foizga oshdi.

Xabar turk gazetasi: “Turk choyi eksporti 2021 yilning dastlabki ikki oyida 3.1 mln dollar daromad keltirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada joriy yilning dastlabki ikki oyida amalga oshirilgan choy eksportidan tushgan mablag’ 3 mln 133 ming 816 dollarni tashkil qildi. Yanvar va fevral oylarida 72 davlatga 785 tonna choy eksport qilindi. Belgiya, Germaniya va Amerika Turkiyadan eng ko’p choy sotib olgan davlatlar bo’ldi.

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya 1340 ta reys bilan Yevropa bo’yicha yetakchilik qilmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya kecha kundalik aviareyslar soni bo’yicha Yevropada birinchi o’rinni egalladi. EUROCONTROL tashkilotining aviaqatnovlar bo’yicha hisobotiga ko’ra, kecha Turkiya o’rtacha 1340 ta reys amalga oshirib, ushbu  ro’yhatning birinchi o’rnidan joy oldi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar