Matbuot sharhlari 07.01.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1559168
Matbuot sharhlari 07.01.2020

Star gazetasi: Prezident Erdogandan FETO haqida bayonot. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Albaniya Bosh vaziri Edi Rama bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi. Rama bilan bo‘lgan uchrashuvining eng asosiy kun tartibi masalalaridan biri terrorga qarshi kurash bilan harbiy va mudofaa tarmoqlaridagi hamkorlik masalalari bo‘lganini qayd etgan Erdo‘g‘an, FETO (Fetullahchi terror tashkiloti) ning har ikki mamlakat jihatidan tahdid tashkil etgani masalasida albaniyalik rasmiylar bilan hamfikrmiz. Shunday ekan Turkiya, Maorif jamg’armasi bosh bo‘lish bilan birga barcha tashkilotlari bilan Albaniyaning yonidadir”. - dedi.

Haber Türk gazetasi: Tashqi Ishlar vazirligi AQShdagi voqealar ustidan bayonot berdi. Amerika Qo‘shma Shtatalarida (AQSh) namoyishchilar kongress binosini bosib olar ekan Turkiya voqealar haqida bayonot berdi. Tomonlar og‘ir - bosiq bo‘lishga chaqirilgan bayonotda, “AQSh Kongress binosining namoyishchilar tomonidan bosib olinishi tashabbusigacha borgan ichki vaziyatni katta tashvish bilan kuzatyapmiz”. -  degan ifodalarga o‘rin berildi.

Hürriyet gazetasi: Ersin Tatar BMTga murojaat qildi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Prezidenti Ersin Tatar, Birlashgan Millatlar (BM) Bosh kotibi Antonio Guterresdan, orolda mustaqil tenglik va ikki davlatga tayangan hamkorlik formulasiga ochiq yo‘ndashilishini talab qildi.

Sabah gazetasi: Fatih Donmez: “Qayta tiklanadigan quvvatimiz 49 ming 550 megavattga yetdi. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez kecha Quyosh energiyasi sanoatchilari va sanoat assotsiatsiyasi tomonidan uyushtirilgan “Quyosh sammiti”da nutq so‘zladi. Do‘nmez unda, Qayta tiklanadigan energiya tarmog‘ining yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi jarayonidan kuchiga - kuch qo‘shib chiqqanini eslatib o‘tgan holda, “Qayta tiklanadigan quvvatimiz 49 ming 550 megavattga yetdi”. - dedi.

Vatan gazetasi: Antaliyaning Demre tumanidagi tarixiy joylarni otgan yili 242 ming kishi ziyorat qildi. Antaliyaning Demre tumanidagi muzeylarni, tarixiy joylarni o‘tgan yili 242 ming 787 kishi ziyorat qildi va uning evaziga mamlakat uchun 5 million 605 ming 494 lira daromat kiritildi.  

 



Aloqador xabarlar