Matbuot sharhlari 28.12.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1553406
Matbuot sharhlari 28.12.2020

Hürriyet gazetasi: Hulusi Akar: “Qonuniy nishon sifatida qabul qilinadi”. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Liviyada to‘ntarishchi Xafterning Turkiya va Turk Qurolli kuchlariga qarshi aytgan gaplari haqida, “Bu urush jinoyatchisi, ya’ni qotil Xafter va uni qo‘llab - quvvatlaganlar shuni bilib qo‘ysin, Turk unsurlariga qarshi yo‘lga qo‘yiladigan har qanday hujum tashabbuslari oqibatida qotil Xafter unsurlari qonuniy nishon sifatida qabul qilinadi. Bunday harakat ortidan qochishga joy topolmaydilar. Shunday ekan hamma o‘ziga kelsin”. - dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Moviy Vatan uchun mahalliy va milliy yengil torpeda “ORKA” kelyapdi”. Prezidentlik apparati qoshidagi Mudofaa Sanoati yetakchiligi rahbarligida Harbiy - dengiz kuchlari qo‘mondonligining yengil sinif torpedo ehtiyojini ta’minlash maqsadida “324 millimetr Torpedo ishlab chiqarilishi (ORKA) loyihasi” boshlatildi. Asosiy faoliyatlari ROKETSAN tomonidan zimmasiga olingan ushbu loyiha orqali tashqariga bo‘lgan qaramlilik yakun topadi.  

Star gazetasi: Janubiy kiprlik arxiyepiskop Hrisostomos: “Erdogan haqiqiy vatanparvardir”. Kiprning grek qismi pravoslav cherkovi arxiyepiskop Hrisostomos II, kun tartibini baholar ekan Prezident Erdo‘g‘an haqida gapirdi. Hrisostomos, “Turk lider Erdo‘g‘an, uzoq yillar Turkiyaning arzon ishkuchidan foydalangan Yevropadan bugungi kunda qasos olgan haqiqiy vatanparvardir”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Ruhsar Pekjan, suyunchli xabar berdi va unda eksport tarmogida kozlangan daromadning ortigi bilan qolga kiritilgani qayd etildi. Savdo vaziri Ruhsar Pekjan, ijtimoiy tarmoq Twitterda qoldirgan postida, “2020 - yili eksportimiz 25 - dekabrdan e’tiboran 166 milliard AQSh dollariga yetdi. Bu orqali dasturda ko‘zlangan 165.9 milliard AQSh dollaridan oshdi”. - dedi.   

Haber Türk gazetasi: Ishonchli turizm sertifikati 2021 - yilgi mavsumni ham shakllantiradi. Turkiyaning dunyoga “sog‘lom va xavfsiz dam olish joyi” sifatida tanilishiga katta hissa qo‘shgan Ishonchli turizm sertifikati dasturi, 2021 - yilgi turizm mavsumini ham shakllantiradi. Madaniyat va turizm vazirligining Reklama bo‘yicha bo‘limi rahbari Timuchin Guler, “Sayohatsevarlarning eng avvalo sog‘lom va ishonchli turizmga ehtiyoji bor. Ishonchli Turizm sertifikati dasturi ham mahalliy, ham da chet ellik sayohatsevarlarga ehtiyoji bo‘lgan shu ishonchni taqdim etmoqda. Ishonchli Turizm sertifikati kelasi mavsumda ham mahalliy va chet ellik sayyohlar uchun yetakchilik qilishni, yurtimizni turizm tarmog‘ida raqobatta farqli tus olish va uni oldingi qatorga yetaklashni davom ettiradi”. - deya gapirdi.  



Aloqador xabarlar