Matbuot sharhlari 16.12.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1546683
Matbuot sharhlari 16.12.2020

Star gazetasi: Chavusho‘g‘lu Pompeoga Turkiyaning sanksiyaga bo‘lgan e’tirozini yetkazdi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan telefon orqali muloqat qildi. Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko‘ra unda Chavusho‘g‘lu Pompeo bilan bo‘lgan muloqat chog‘ida, AQSh tomonidan qabul qilingan sanksiya haqidagi qarorga Turkiyaning e’tirozini yetkazgan. 

Haber Türk gazetasi: Hulusi Akar, AQShning sanksiya haqidagi qaroriga e’tiroz bildirdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, AQShning sanksiya haqidagi qaroriga e’tiroz bildirdi va bu haqida: “Ittifoqdoshlik, mavjud harbiy va siyosiy haqiqatlarga to‘g‘ri kelmagan qarorni keskin qoralaymiz”. – dedi.

Hürriyet gazetasi: Stratejik tabiiy gaz quviri uchun qo‘l qo‘yildi. Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasida yangi tabiiy gaz quviri tashkil etilmoqda. Naxchivanga tabiiy gaz yetkazib berishni ko‘zda tutgan loyihaga ikki mamlakatning energetika vazirlari tomonidan qo‘l qo‘yildi. Turkiyaning Energetika va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez, Turkiya – Naxchivan Tabiiy gaz quvirining Sharqiy Anado‘ludagi tabiiy gazning eng asosiy yetkazib berish quviri ustidan chiqqan Ig‘dirdagi Tabiiy gaz quvirining davomiga qurilishini belgilab o‘tgan holda, bu quvir orqali Naxchivanning bugungi tabiiy gaz ehtiyojining hammasini ta’minlay olinishi mumkinligini qayd etdi.

Vatan gazetasi: Turkiya va Ukraina o‘rtasida yirik shartnoma. Turkiya va Ukraina o‘rtasida anchadan beri qo‘lga olinayotgan mushtarak korvet va Qurolli uchuvchisiz havo vositasi ishlab chiqarish masalasida kelishib olindi va o‘zaro qo‘l qo‘yildi. 

Sabah gazetasi: Birinchi Qurolli haydovchisiz dengiz transportining prototipi dengizga tushirilmoqchi. Turkiyaning birinchi Qurolli haydovchisiz dengiz transporti (SIDA) prototipi, bu oyning oxirida dengizga tushiriladi. Milliy raketa tizimlari ishlab chiqargan “Roketsan” tomonidan ta’minlangan 4 dona “Jirit” va 2 dona “L – UMTAS” raketa tizimlari ilova etiladigan transportning dengizdagi testlari ikki oy davom etadi. 



Aloqador xabarlar