Matbuot sharhlari 04.12.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1539539
Matbuot sharhlari 04.12.2020

Star gazetasi: Erdogan, Covid – 19 ga qarshi kurashda butun dunyoni birdamlikka chaqirdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasining “Covid – 19 ga qarshi kurash” ga atalgan maxsus majlisida videomurojaat orqali ishtirokchilarga xitob etdi. Erdo‘g‘an, “Xalqaro hamjamiyat, XXI asrning eng yirik global sinovi (yangi turdagi koronavirus) oldida. Bu murakkab davrni yengib o‘tishning eng to‘g‘ri yo‘li, xalqaro hamkorlik va global birdamlikdir”. – degan ifodaga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Erdogan Ozarbayjonning hududiy yaxlitligiga e’tibor qaratdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan bo‘lgan uchrashuvida, Tog‘li Qorabog‘ masalasida yangi davrga kirilganini eslatib o‘tgan holda bu davrda Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va mustaqilliga soya tushiradigan har qanday harakatdan qochinilishi muhim ekanini ta’kidladi. Unda shuningdek, abadiy tinchlik va barqarorlikning yangi imkon panjaralari ochishini, buning Armaniston doxil barcha mintaqa davlatlarining foydasiga bo‘lishini ifoda etdi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiyaning Ozarbayjonga qurol eksporti 600 foizga ortdi. Turkiyaning harbiy tarmoqdagi qo‘llab – quvvatlashi yordamida Tog‘li Qorabog‘da tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritgan Ozarbayjon, shu yilning yanvar oyidan boshlab noyabr oyigacha Turkiyadan 256 million dollarlik qurol xarid qilib oldi. Roppa – rosa 44 kun davom etgan urush chog‘ida Ozarbayjon, Armanistonning qariyb 3.5 milliard dollarlik ziyon ko‘rishini ta’minladi. Armaniston qo‘shini o‘nlab havo mudofaa tizimi, yuzlab tank va zirxli vositasini qo‘ldan boy berdi.  

Sabah gazetasi: Vaksinani topgan turk olimlar, muhojirlar haqidagi tushunchani ozgartiradi. Koronavirusga qarshi vaksinani o‘ylab topgan va butun dunyo tomonidan duv – duv gap bo‘lgan turk olimlar Ug‘ur Shahin va uning rafiqasi O‘zlem Tureji, Amerikaning “Wall Street Journal” va “New York Times” gazetasining bosh sahifalarida o‘rin oldi. Ma’lumotlarda, turk shifokorlarning bu muvaffaqiyati muhojirlar jamiyatiga ijobiy jihatdan ta’sir qilishi, G‘arb davlatlarida muhojirlarga qarshi avj olgan salbiy ko‘z qarashning yo‘q qilinishiga yo‘l ochadigan darajada muhim ekani ta’kidlandi.

Haber Türk gazetasi: Turk olimlardan Covid – 19 ga qarshi burun spreyi. Anqara, Bilkent va Hajettepe universitetlari olimlarining mushtarak faoliyati natijasida, koronavirusning hujayraga kirishiga to‘siqlik qilgan sprey o‘ylab topildi. Hayvonlar ustidagi sinovlari muvaffaqiyatli natija bergan burun spreyi, endilikda ko‘ngilli kishilar ustida sinab ko‘riladi. Dotsent doktor Urartu Sheker, spreyning pandemiyani sekinlashtirishiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.



Aloqador xabarlar