Matbuot sharhlari 17.11.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1528996
Matbuot sharhlari 17.11.2020

 

Star gazetasi: “Mavlud Chavushog’lining diplomatik muloqoti: mavzu Qorabog’” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li kecha Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi. Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, suhbat chog’ida Tog’li Qorabog’dagi vaziyat muhokama qilindi.

 

Vatan gazetasi: “Vazir Pekjon: Jahon bozoriga kirish yo’lida sa’y-harakatlarimiz davom etadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya savdo vaziri Ruxsor Pekjon kecha Indoneziya delegatsiyasi bilan video konferensiya shaklida uchrashuv o’tkazdi.

“Turkiya tovarlari sifat darajasi bilan xalqaro bozorlarda o’rin olishga loyiq. Ishlab chiqarish kuchimizga, eksport salohiyatimizga va raqobat kuchimizga ishonamiz”,-deb aytgan Turkiya savdo vaziri.

 

Hurriyat gazetasi: “Yengil avtomobil eksport qilingan davlatlar soni ko’paydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, joriy yilning 10 oyi davomida Turkiyadan xorijga 7 mlrd 482 mln 626 ming dollarlik avtomobil eksport qilindi. 100 mln dolardan ko’proq savdo qilingan davlatlar soni 16 nafarga yetdi.

 

Sabah gazetasi: “Fotix va Qonuniy Qora dengizda yangi kashfiyotlar sari qadam tashlaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, “Fotix” burg’ulash kemasi Turkiyaning dengiz chegaralaridagi dastlabki Turkali-1 quvurida faoliyatlarni yakunladi. “Qonuniy” kemasi esa, quvurda burg’ulash ishlarini olib boradi.

 

Xabar turk gazetasi: “Gladyatorlar shahriga sayyohlar oqimi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Mug’la viloyatiga qarashli Yatag’on tumanida “Gladyatorlar shahri” deb atalgan Stratonikeya antik shahriga joriy yilda Buyuk Britaniya, Rossiya, Polsha va Germaniyadan jami 40 ming sayyoh tashrif buyurdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar