Matbuot sharhlari 05.11.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1522320
Matbuot sharhlari 05.11.2020

Sabah gazetasi: Chavusho‘g‘lu: “Ozarbayjonning hududiy yaxlitligining qo‘llab – quvvatlanishi lozim”. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha videomuloqat orqali ishtirok etgan Yevropa kengashi Vazirlar qo‘mitasining navbatdagi 130 - yig‘ilishi haqida Twitter orqali bayonot berdi. Chavusho‘g‘lu unda, “Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi hamma tomonidan hech qanday shartsiz qo‘llab – quvvatlanishi lozim”. – dedi.

Vatan gazetasi: G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak: “Turkiya ishlab chiqarish orqali o‘smoqda”. – dedi. G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak Turkiya va dunyodagi iqtisodiy vaziyat haqida ma’lumot berdi. Albayrak bu haqida, “Turkiya ishlab chiqarish, qo‘shimcha qiymat yaratish orqali o‘smoqda. Iqtisodiyotdagi kuchli qayta tiklash moyilligi oktabr oyida ham davom etmoqda”. – dedi.    

Haber Türk gazetasi: Ruxsar Pekjan: Yevropada ochilgan chegara darvozalarida yuk tashuvchi mashinalarning o‘tishi bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Savdo vaziri Ruxsar Pekjan, “Oktabr oyida yurtimizning Yevropaga ochilgan chegara darvozalaridan Kapikuleda 70 ming 694, Hamzabeylida 26 ming 74, Ipsalada 8 ming 700 jami yuk tashuvchi mashinalarning kirish – chiqishi 100 mingdan oshdi. Bu orqali bugungacha eng yuqori raqam qayd etildi”. – deb xabar qildi.  

Hürriyet gazetasi: Qora dengiz lasosi eksporti 33 foizga ortdi. Turkiyadan yilning 10 oylik davrida Qora dengiz lasosi eksporti, o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 33 foizga ortgan holda 46 million dollardan ortiq daromat berdi. Rossiya federatsiyasi, Vetnam va Ruminiya eng ko‘p eksport yo‘lga qo‘yilgan davlatlar deb ro‘yhatga kiritildi.

Star gazetasi: Selchuk Bayraktardan hayajonlantirgan bayonot. Baykar Texnik mudiri va T3 fondi rahbari Selchuk Bayraktar, AKINJIning birinchi marotaba yerni nazorat qilish stansiyasi yo‘q uzoq maydonga to‘liq avtonom qo‘nish va uchish ishlarini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirganini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar