Matbuot sharhlari 03.11.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1520993
Matbuot sharhlari 03.11.2020

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdogan Elif haqida post qoldirdi va unda “Gechmish o‘lsun (“Yomonlik shu bilan otib ketgan bolsin” – degan ma’noni anglatadi.), bolam.” – dedi. Izmirda yuz bergan yer silkinishidan 65 soat o‘tib, 3 yoshidagi Elif Perinchek, vayrona ostidan sog‘ – salomat qutqarilar ekan voqea millionlab inson qalbini quvonchga to‘ldirgandi. Yer silkinishining ramziga aylangan kichik qizaloqning kasalxonadagi tasvirlarini ijtimoiy tarmoqdan bo‘lishgan Prezident Erdo‘g‘an, “Seni, qardoshlaring Elzem va Ezelni; Idilni, Inji va boshqa bir necha avlodimizni bizga qaytarib bergan Olloxga shukur. Gechmish o‘lsun, jonim bolam…” – degan ifodalarga o‘rin berdi.   

Sabah gazetasi: Fatih takror fath etishga chiqdi! “Türkali – 1” qudugiga yetib bordi. Energiya va tabiiy manbaalar vazirligi tomonidan Twitter hisobi orqali qoldirilgan postda, “Fatih” nomidagi burg‘ulash kemasining “Türkali – 1” qudug‘iga yetib borgani qayd etildi. “Fatih”ning “Türkali – 1” da birinchi marotaba aniqlash qudug‘ini qazishi aytilgan bayonotda, “Fatih qidirip, topdi. Endilikda birinchi aniqlash qudug‘ini qazish ishlari yuritadi.” – deyildi.   

Vatan gazetasi: Berat Albayrak, “Iqtisodiy o‘zgarish yo‘lida, qat’iy qadamlar tashlamoqdamiz.” G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, “Biz ko‘proq ishlab chiqarish va ish bilan ta’minlash, ko‘proq eksport qilish maqsadi bilan chiqqan iqtisodiy o‘zgarish yo‘lida, qat’iy qadamlar tashlamoqdamiz. Oktabr oyida eksportimiz o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 5.6 foizga, undan oldingi oyiga nisbatan esa 8.3 foizga ortgan holda, 17. 3 milliard dollarga yetdi. Bu orqali, mamlakat tarixidagi eng yuqori oylik eksport raqamiga qo‘l yetkazdik.” – deya gapirdi.

Star gazetasi: “Turkish Cargo”ning katta muvaffaqiyati. Turk Havo yo‘llarining muvaffaqiyatli havodan yuk tashuvchi markasi “Turkish Cargo”, bu yil 36 – uyushtirilgan “Air Cargo News Awards 2020” da Yevropaning eng a’lo havodan yuk tashish markasi deb tanlandi. Shu bois, “Best Cargo Airline – Europe” mukofatiga sazovor deb topildi.

Hürriyet gazetasi: Oktabr oyida, Ukraina mo‘jizasi. Antaliyaga oktabr oyida 700 ming 90, 10 oylik davrda esa 3 million 276 ming 627 sayyoh keldi. Bu yil Antaliyaga eng ko‘p sayyoh yuborgan davlat, 1 million 402 ming kishi bilan Rossiya bo‘ldi. Oktabr oyida esa Ukrainadan o‘tgan yilga nisbatan 41 foizga ko‘p ya’ni 102 ming kishi keldi.  



Aloqador xabarlar