Matbuot sharhlari 27.10.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1516762
Matbuot sharhlari 27.10.2020

Hürriyet gazetasi: Erdogandan yevropalik liderlarga keskin javob qaytarildi: Siz kirgan yolning oxiri falokat”. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha Beshtepadagi Xalq kongressi va madaniyati markazida “Mavlid-i Nabiy” haftasi ochilish marosimida nutq so‘zladi. Erdo‘g‘an, deyarli islomni nishonga olgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan Germaniya poytaxti Berlindagi jome’ masjidida yuz bergan bosqinga e’tiborsiz qolgan Germaniya kansleri Angela Merkelni ogohlantirdi va bu borada: “Tor ko‘z qarashingizni yashirish niyatida kirgan yo‘lingiz oxiri falokatdir”. – dedi. 

Star gazetasi: Turkiya bilan Gretsiya Navtexlarini ozaro kelishuv asosida bekor qildi. Gretsiya 29 – oktabrni, Turkiya esa 28 – oktabrni o‘z ichiga olgan ravishda e’lon qilgan Navtexlarini o‘zaro kelishuv asosida bekor qilganini, shu bilan birga Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizi va Egeydagi muammolarning muloqat yo‘li orqali hal qilinishini qo‘llab – quvvatlashini ko‘rsatish maqsadida O‘rta yer dengizida avval rejalashtirilgan mashqlar ustidan e’lon qilingan Navtexni ham bir marotabaga maxsus to‘xtatgani bildirildi.   

Haber Türk gazetasi: Berat Albayrak tarmoqqa oid ishonch indekslari va imkoniyatlardan foydalanish darajasi togrisidagi ma’lumotlarni baholadi. G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, kecha bildirilgan oxirgi ma’lumotlarning, Turkiya iqtisodiyotining o‘sish yo‘liga kirishini qo‘llab – quvvatlovchi chiziqda ilgarilashining ko‘rsatkichi ekanini eslatib o‘tgan holda, “Oktabr oyida xizmat tarmog‘i ishonch indeksi 6.4 foizga, chakana savdo tarmog‘i ishonch indeksi 1.7 foizga ortdi. Imkoniyatlardan foydalanish nisbati esa 74.9 foizga ko‘tarildi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vatan gazetasi: Mustafa Varankdan “o‘sish” haqida bayonot. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank kecha bergan bayonotida, “Turkiya yilning oxirgi ikki choragida kuchli o‘sish mohiyati ko‘rsatdi va 2020 – yilni eng kam ziyon bilan yengib o‘tadi. Byudjetimiz o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga ortgan vaziyatda”. – dedi.

Sabah gazetasi: TOGG katta qiziqish bilan kutilgan tafsilotlarni ma’lum qildi. Turkiyaning TOGG nomli yangi transport vositasi, mahalliy avtomobilda foydalanuvchi batareya texnologiyasi haqidagi tafsilotlarini ijtimoiy tarmoq hisobi orqali ma’lum qildi. Unga ko‘ra avtomobillar 300 va 500 kilometrdan uzoq manzilga ega bo‘ladi va 30 daqiqadan kam vaqt mobaynida 80 foizgacha zaryadlash mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar