Matbuot sharhlari 26.10.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1515987
Matbuot sharhlari 26.10.2020

 

Star gazetasi: “Erdo’g’andan F-35 va S-400 bayonoti. AQSh kim bilan bahslashganini farqida emas” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Ak partiyaning navbatdan tashqari favqulodda kongressida ma’ruza qildi. Erdog’an AQShning F-35 va S-400 majmualari bo’yicha e’tiroziga munosabat bildirib, “F-35 bo’yicha qadam tashladik. Bizni tahdid qildingiz. S-400 majmualarini Rossiyaga qaytaring dedingiz. Biz qabila davlati emasmiz. Yana Turkiyaga sanskiya beramiz deyishadi. Xohlaganingni qil! AQSh kim bilan dahanaki jangga kirganinini farqida emas”,-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Mavlud Chavusho’g’lu: “Endi bas deyishning vaqti yetib keldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’lu Niderlandiyalik siyosatchi, Ozodlik partiyasi rahbari Geert Vildersga e’tiroz bildirib, “Haqiqatni aytadigan bo’lsak, Yevropaning irqchi va millatchilari yana o’zini ko’rsatdi. Islomga dushmanlik bilan yutuqli bo’lishga urinmoqda. Yevropaning fashist siyosatchilariga endi bas deyishning vaqti yetib keldi”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Yevropadagi xunuk ifodalarga Fahriddin Altundan keskin javob” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun: “Yevropaning musulmonlarga nisbatan dushmanligi va ularni ranjida qilish harakati tobora avj olib borayotgan Islom, Turkiya va Erdo’g’anga nisbatan dushmanlikdan farq qilmaydi”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Hulusi Akar Pokistondan turib Armanistonga murojaat qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tomonidan Pokistonga eksport qilingan milliy kema kecha Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar va Pokiston mudofaa sanoati vaziri Zubayda Jalol Xon ishtirokidagi tantanali marosimda o’z egasiga topshirildi.

Hulusi Akar marosimda so’zlagan nutqida Ozarbayjon-Armaniston mojarolariga to’xtaldi.

“Urush va insoniyat jinoyatiga qo’l urgan Armaniston Ozarbayjon qo’shini oldida javob berganidek, tarix va xalqaro huquq oldida ham qat’iyan javob beradi”,-deb aytgan Hulusi Akar.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar