Matbuot sharhlari 20.10.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1512431
Matbuot sharhlari 20.10.2020

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya Vetnam va Kambodjaga hamdardlik bildirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya Vetnam va Kambodjada ro’y bergan tabiiy ofatlarda ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan mamlakat hukumatlari va xalqlariga hamdardlik bildirdi.

“Vetnam va Kambodjada Linfa va Nangka to’foni tufayli yuzaga kelgan sel va tuproq ko’chkilarda afsuski ko’plab insonlar nobud bo’lganidan boxabar bo’ldik. Shu munosabat bilan halok bo’lganlarning yaqinlariga, shu bilan birga Vetnam va Kambodja xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi ta’ziya maktubida.

 

Hurriyat gazetasi: “Sakariya gaz konida 40ta quvur ochiladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya Qora dengizda dastlab 320 mlrd kub metr, ortidan yana 85 mlrd kub metr tabiiy gaz topishga muvaffaq bo’ldi. Turkiya energetika vaziri Fotix Do’nmez Sakariyadagi tabiiy gaz konidan tabiiy gaz ishlab chiqarish uchun taxminan 40ta quvur ochilishini ma’lum qildi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish jarayoni 2023 yilda boshlanishi rejalanmoqda.

 

Vatan gazetasi: “Turkiya 2020 yilni eng kam zarar bilan yakunlagan dunyodagi 3 davlatdan biri bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya savdo vaziri Ruhsor Pekjan dunyoda global xatar – koronavirus pandemiyasidan ta’sirlanmagan davlat yo’qligini ma’lum qildi.

“Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkilotining (OECD) 16 oktyabrda e’lon qilingan hisobotiga ko’ra, 2020 yilda iqtisodiyoti pandemiya oqibatlaridan eng kam zarar ko’rgan davlatlar Xitoy va Janubiy Koreyadan keyin uchinchi davlat Turkiya bo’ldi”,-deb aytgan Turkiya savdo vaziri.

 

Star gazetasi: “Sharqiy O’rta yer dengizida Turkiyaning ustunligi ortadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Shimoliy Kipr Turk Respublikasida Ersin Tatarning prezident etib saylanishi bilan mintaqada yangi davr boshlanganligi haqida mulohaza yuritgan mutahassislarning fikricha, 46 yildir yopiq bo’lgan Marash shahrining ochilishi bilan davlat milliy daromadi ikki barobarga oshadi. Shuningdek, Kiprlik turklarning oyoq osti qilingan haq-huquq va manfaatlari himoya qilinadi hamda Turkiyaning sharqiy O’rta yer dengizida qo’li yana-da ustun keladi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar