Matbuot sharhlari 09.10.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1506131
Matbuot sharhlari 09.10.2020

Hürriyet gazetasi: Erdog‘an Qorabog muammosining qanday hal qilinishi mumkinligiga e’tibor qaratdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiya – Afrika Iqtisodiy forumining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida Tog‘li Qorabog‘ masalasiga to‘xtalar ekan, “Armanistonning murosasiz munosabatlari yuzasidan 30 yildan beri gangrenaga aylangan bu masalaning hal qilinishidagi yakkayu – yagona yo‘l bu, ishg‘olning bas qilinishidir.” dedi.

Haber Türk gazetasi: Chavusho‘g‘lu bilan gretsiyalik kasbdoshi kelishib oldi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Gretsiya Tashqi Ishlar vaziri Nikos Dendias bilan uchrashdi. Chavusho‘g‘lu ushbu uchrashuv ortidan istikshof uchrashuvi o‘tkazish masalasida kelishib olganliklarini ma’lum qildi.

Sabah gazetasi: Turkiya energiya tarmogida yangi muvaffaqiyatga erishdi. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri o‘rinbosari Alparslan Bayraktar: “Aliag‘a bilan Hatayda suzuvchi ikkita gaz saqlash tizimi qo‘yildi. Uchunchisi uchun kerakli faoliyatlar Sarosda davom etmoqda. Xodo xohlasa kelasi yili tamomlanadi.” dedi.  

Star gazetasi: Financial Times: Turkiyaning Qurolli uchuvchisiz havo vositasi QUHV boyicha AQSh, Isroil va Xitoy oldidagi orniga e’tibor qaratdi. Financial Times gazetasi, Turkiyaning Qurolli uchuvchisiz havo vositasilari bo‘yicha AQSh, Isroil va Xitoy oldida katta raqib sifatida o‘rtaga chiqqani haqida ma’lumot bo‘lishdi. Unda, “Keng tus olgan Turk Uchuvchisiz havo vositalari Turkiyaning qurol xarid qilib olishida g‘arbga bo‘lgan qaramliligini kamaytirdi. Bu, milliy g‘ururni jonlantirish maqsadida mudofaa tarmog‘idagi ishlab chiqarishni orttirish borasidagi 20 yillik mehnatning natijasidir.” degan ifodalarga o‘rin berildi.

Yeni Şafak gazetasi: Dunyoda faqatgina Elazigda ishlab chiqarilmoqda. Dunyoda faqatgina Elazig‘ning Alajakaya tumanida ishlab chiqarilgan va rangi jihatidan katta qiziqish uyg‘otgan “gilos marmari” AQSh, Germaniya va Italiya bosh bo‘lish bilan birga dunyoning 45 davlatiga eksport qilinmoqda. Fabrikaning eksport mudiri Salih Tufan, “Dunyoning turli o‘lkalariga biz yuborgan mahsulotlar, bir necha nufuzli loyihalarda foydalanildi va foydalanilishi davom etmoqda. Ka’ba hovlisidagi Safo va Marva tepaliklari, Masjid – i Haram, shoh saroylari va Oq uy kabi inshootlar ana shu loyihalardan ba’zilari.” dedi.

 



Aloqador xabarlar