Matbuot sharhlari 07.10.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1504745
Matbuot sharhlari 07.10.2020

Sabah gazetasi: Prezident Erdogan Makronga javob berdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha Jome’ masjidlar va din xodimlari haftasi dasturida ishtirok etdi. Unda islom dushmanligini tanqid qilgan Prezident Erdo‘g‘an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning islom dini haqidagi so‘zlariga e’tiroz etdi. Erdo‘g‘an bu haqida Makronga, “Islomning qayta ko‘rib chiqilishi kerakligi haqida gapirishi hadsizlik, tarbiyasizlikdir. Islomning qayta ko‘rib chiqilishi maslasini og‘zinga olgudek sen kimsan.” dedi.

Star gazetasi: Erdo‘g‘an: “Yopiq Marashning butunlay xizmatga ochilishini xohlaymiz.” Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Ersin Tatar kecha ShKTRni Suv bilan ta’minlash loyihasi Quvir chizig‘ini ta’mirlashdan keyingi Suv berish marosimida nutq so‘zladi. Tatar unda, “Payshanba kuni xalqimiz Yopiq Marash sohilidan foydalana boshlaydi.” dedi. Prezident Erdo‘g‘an esa, “Marashning ShKTR tuprog‘i ekanligi haqiqatdir. Marashning sohil chizig‘ini xalq xizmatiga topshirish qarorini oxirigacha qo‘llab – quvvatlayapmiz. Marashning butunlay foydalanishga topshirilishini xohlaymiz. Bu borada ShKTR rasmiylariga, har qanday yordamni berishga tayyormiz.” dedi.   

Haber Türk gazetasi: Chavusho‘g‘lu: “Bunday davom etmasligini butun dunyo anglashi lozim.” dedi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha Ozarbayjon poytaxti Bokuga bo‘lgan tashrifi chog‘ida Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar haqida bayonotlar berdi. Chavusho‘g‘lu unda, “Chorasiz qolgan Armaniston tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi hujum qila boshladi. Bu insonlikka qarshi uyushtirilgan jinoyatdir. Armaniston duch kelgan chorasizlikning ko‘rsatkichidir. Minsk o‘lkalari, ishg‘olchi bilan adolatsizlikka duch kelgan Ozarbayjonni bir tutdi. Bunday davom etmasligini, butun dunyo anglab yetishi lozim.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin Ozarbayjon tuproqlarining ozod etilishi masalasida bayonot berdi. Ibrahim Kalin, xalqaro hamjamiyatning Ozarbayjon tuproqlarining qachon bo‘shatilishi haqidagi aniq taqvimni o‘rtaga qo‘yishi darkor. Bu borada Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhi, zimmasiga tushgan vazifani bajarishi kerak. Aks holda Minsk guruhi o‘rniga boshqa mexanizmlar yoki boshqa yo‘llar sinab ko‘rilishi darkor.” dedi.

Vatan gazetasi: Ukraina Turkiyadan 48 ta qurolli uchuvchisiz havo vositasi xarid qilmoqchi Ukrainaning Ukrspetseskport shirkati rahbari Vadim Nozdriya, “Bayraktar TB2” rusumidagi qurolli uchuvchisiz havo vositasining Ukrainada mushtarak ravishda ishlab chiqarilishi uchun kerakli faoliyatlar olib borilayotganini eslatib o‘tgan holda, 48 dona QUHV xarid qilib olish rejasi ustida ishlayotganliklarini bildirdi.



Aloqador xabarlar