Matbuot sharhlari 18.09.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1493279
Matbuot sharhlari 18.09.2020

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdogan: “Qoroqchilikka boyin egmasligimiz anglashildi.” Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha “Davlat maqtov medali marosimi” da so‘zlagan nutqida Sharqiy O‘rta yer dengizida yuz bergan taranglikka to‘xtalib o‘tgan holda, “Sharqiy O‘rta yer dengizida yurtimiz va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining qonuniy haqlarini oxirigicha himoya qilamiz. O‘rta yer dengizidagi eng uzun qirg‘oq chizig‘iga ega bo‘lgan yurtimizni, boshqalarining sohillarimizga qamab qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Turkiyaning qoroqchilikka bosh egmasligi, barcha suhbatdoshlari tomonidan anglashildi.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Haber Türk gazetasi: Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, YIni adolatli bolishga chaqirdi. Ibrahim Kalin, Yevropa Tashqi aloqalar kengashi tomonidan “Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi roli: To‘qnashuv tahdidlari va muloqat qilish yo‘lini kutish” degan nom ostida uyushtirilgan tadbirda ma’ruza bilan ishtirok etdi. Kalin, Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida Yevropa ittifoqining adolatli ravishda o‘rtamchilik qilishi kerakligini belgilab o‘tgan holda “Ittifoqning manfaati, bir a’zosining manfaatiga bog‘lanib qolmasligi darkor.” dedi.

Star gazetasi: Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasini qo‘lga oldi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan uchrashdi. Vazirlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra unda Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyat qo‘lga olingan.

Sabah gazetasi: Mahalliy uchuvchisiz urush uchogi Aksungur, katta muvaffaqiyatga imzo chekdi. Turk aerokosmik sanoati tomonidan dizayn qilingan va ishlab chiqarilgan uchuvchisiz urush uchog‘i Aksungur, birinchi marotaba toliq o‘q – dorilar bilan 20 ming fut balandlikda 1 kundan ortiq uchdi.

Yeni Şafak gazetasi: Avtomobil eksporti eng kop Fransiya, Germaniya, Britaniya, Italiya va Ispaniyaga yolga qoyildi. Turk avtomobil tarmog‘i yilning ilk 8 oyida 5.5 milliard dolarlik eksport yo‘lga qo‘ydi. Uning yarmi Fransiya, Germaniya, Britaniya, Italiya va Ispaniyaga qaratildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar