Matbuot sharhlari 14.09.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1490263
Matbuot sharhlari 14.09.2020

Sabah gazetasi: Vitse – prezident Fuat Oktay Gretsiyaga norozichilik korsatdi. Vitse – prezident Fuat O‘ktay, Gretsiya Prezidenti Katerina Sakellaropuluning kecha, xalqaro huquqqa amal qilmagan holda Meis oroliga harbiy veryolyot orqali borishiga norozichilik ko‘rsatdi. O‘ktay, “Tranglik masalasida bizni ayblaganlar Gretsiyaning bugungi Meis orolidagi provoktasiyasini ko‘rolmaydilar. Chunki ularning ko‘zlari bor ammo ko‘rmaydilar, quloqlari bor ammo eshitmaydilar, tillari bor ammo gapirmaydilar. Haqiqiy g‘aflat shudir.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Fatih Donmez suyunchli habar berdi. Unga kora, Qonuniy burgulash ishlari boshlash arafasida. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez, Qonuniy burg‘ulash kemasi faoliyatlarining boshlash arafasida ekanligini ma’lum qildi. Do‘nmez, “Qora dengizda burg‘ulash ishlarini boshlaydi va Fatihning kuchiga - kuch qo‘shadi.” dedi.

Hürriyet gazetasi: Turkiya, mebel eksportida dunyo miqyosida birdaniga 6 orin kotarildi. Milanodagi nufuzli Sanoat tadqiqotlari markazi hisobatiga ko‘ra Turkiya, global eksportida birdaniga 6 o‘ringa ko‘tarilgan holda sakkizinichi qatorga kirdi. Turkiya, o‘tgan yilga qaraganda Ispaniya, Daniya, Fransiya, Meksika, Ruminiya, Malayziya va Niderlandiya kabi o‘lkalarni ortda qoldirdi.   

Star gazetasi: Izmirda ishlab chiqarildi va dunyoning 50 ta davlatiga sotildi. Izmirda ishlab chiqarilgan antikor testi, qariyb 50 davlatga sotildi. Menderes tumanida 25 yildan beri faoliyat olib borayotgan va diagnostika to‘plamlari ishlab chiqargan Türklab firmasi, pandemiya jarayonida ishlab chiqargan antikor testining chet elda katta qiziqish uyg‘otganini ma’lum qildi. Turk firma, antikor testi masalasida dunyoda ilk 3 firmadan biri qatorida.  

Haber Türk gazetasi: Moviy suvlarning million dollarlik mehmonlari, Bodrum sohillarida dam olmoqda. Turkiyaning dam olish markazlaridan Bodrum, har yili bo‘lganidek bu yili ham million dollarlik hashamatli yaxtalar uchragan ajoyib makonga aylandi. Bitez, Torba, Yalikavak va Go‘lturkbuku qoltiqlariga langar tashlagan yaxtalarda mahalliy va chet ellik mehmonlar tabiiy go‘zalliklar qo‘ynida dam olmoqda.



Aloqador xabarlar