Matbuot sharhlari 02.09.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1483613
Matbuot sharhlari 02.09.2020

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida muhim jihatlarga e’tibor qaratdi. Prezident Erdo‘g‘an Beshtepada uyushtirilgan yangi (2020 – 2021) adliy yili ochilish marosimida so‘zlagan nutqida, “Tarix davomida har doim boshqalari orqasiga bekinib yashagan bir davlatni oldimizga tashlab, ozi yashirin amallar payida yuzganlarning qilgani, eng katta adolatsizlikdir. Biz soya o‘yinidan charchadik. Hatto o‘ziga ham foydasi yo‘q bir davlatni Turkiya kabi mintaqaviy va madaniy kuch oldiga tashlab yem qilishga urinishlik, to‘g‘risi kulguli bola boshladi.” degan ifodalarga o’rin berdi.

Star gazetasi: Turkiya Meis oroli chiqishida yoqotgan tomonning Gretsiya bolishini qayd etdi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, “Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida hamma bilan birgalikda muzokara o‘tkazib, muammoni odilona ravishda hal qilinishini qo‘llab – quvvatlaymiz. Chegaradan oshib, qurollantirishlar ro‘y bergudek bo‘lsa unda yo‘qotgan tomon Gretsiya bo‘ladi.” dedi.  

Vatan gazetasi: Ibrahim Kalin, Avstriyaga kinoyali javob berdi. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin Twitter hisobida qoldirgan postida, Avstriyaning Integratsiya vaziri Susanne Raabning, “Turkiyaning Avstriyadagi tubi turk xalqlarni ta’siri ostiga olib, bu mamlakatni bo‘lish niyatida” degan iddiolariga, “Faqatgina Avstriyanimi? Qanday ahmoqlik…” deb javob berdi.  

Hürriyet gazetasi: Nemis siyosatchi turk turizmiga maqtov yogdirdi. Germaniyaning sobiq Bosh vazirlaridan Helmut Kohlning kotibligi vazifasini bajargan Xristian Demokrat partiyasi a’zosi Friedhelm Ost, Turkiya haqidagi taassurotlari va turizm tarmog‘ida koronavirusga qarshi ko‘rilgan chora – tadbirlarga maqtov yog‘dirdi. Ost bu haqida: “Germaniyaning shimol va Boltiq dengizi qirg‘oqlaridagi dam olish joylari bilan solishtirilganida Turkiyada ko‘rilgan choralar butun dunyoga o‘rnak tashkil etishdan ham yuqori.” dedi.

Sabah gazetasi: Antaliyaga bir oyda 11 mimg havo qatnovi yolga qoyildi. Antaliya aeroporti koronavirus jarayonida oxirgi bir oyda 11 ming havo qatnoviga mezbonlik qildi. Bu jarayonda dunyoning 31 davlatidan 1 million 750 ming yo‘lovchiga xizmat berildi.



Aloqador xabarlar