Matbuot sharhlari 31.08.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1482142
Matbuot sharhlari 31.08.2020

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdogan: “Turkiya Sharqiy Orta yer dengizida shantaj tiliga bosh egmaydi.” Kecha 30 – avgust G‘alaba bayramining 98 – yilligi munosabati bilan poytaxt Anqarada Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning abadiy istirohatgohi Anitqabrda marosim uyushtirildi. Unda Anitqabr maxsus daftarchasiga qo‘l qo‘ygan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, “Turkiya aniqsa Sharqiy O‘rta yer dengizida xavf, bezdirish va shantaj tiliga bosh egmaydi. Xalqaro huquq va ikki tomonli tuzilgan shartnomalar asosidagi haq – huquqini himoya qilishni davom etadi.” dedi.

Sabah gazetasi: Hulusiy Akar, Turk Qurolli kuchlarining qarorliligini yetkazdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, “Qahramon Turk Qurolli kuchlari nima bo‘lishidan qat’iy nazar kecha bo‘lganidek bugun ham vatanimiz, millatimiz, milliy - ma’naviy qadriyatlarimiz, xalqaro huquq, aloqa va manfaatlarimizni himoya qiladi. Bunda qarori qat’iy va eng muhimi qodirdir.” dedi.

Vatan gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an suyunchli xabar berdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Roketsan sun’iy yo‘ldoshini uchirish, kosmik tizimlar va ilg‘or texnologiyalarni tadqiq qilish markazi va portlovchi xom ashyo ishlab chiqarish ta’sisining ochilish marosimida nutq so‘zladi. Erdo‘g‘an unda jonli efir orqali, “Mamlakatda ishlab chiqarilgan suyuq yoqilg‘i bilan ishlagan raketa dvigateli texnologiyasining birinchi kosmik sinovlarini boshlashimiz haqidagi yaxshi xabarni yetkazmoqchiman.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: ATMAJAning qachon inventarizatsiyaga kiritilishi ma’lum boldi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan, “Dunyoda mahalliy olaroq ishlab chiqarish kuchiga ega bo‘lgan 5 davlatdan birimiz.” degan so‘zlar orqali e’lon qilingan Turkiyaning birinchi dengiz raketasi ATMAJA, yil yakunida Turk Qurolli kuchlari inventarizatsiyaga kiritiladi.

Haber Türk gazetasi: Ayhanjan Guven Belgiyada birinchi orinni qo‘lga kiritdi. Turkiyaning eng muvaffaqiyatli motosportchilaridan biri Ayhanjan Guven, Porsche Mobil 1 Supercup 2020 ning yettinchi yorishini g‘alaba bilan yakunladi. Yoshlar va sport vaziri doktor Mehmet Muharrem Kasapo‘g‘lu, Porsche Supercupning Belgiyadagi bosqichini g‘alaba bilan yakunlagan milliy sportchi Ayhanjan Guvenni tabrikladi.

 



Aloqador xabarlar