Matbuot sharhlari 13.08.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1472211
Matbuot sharhlari 13.08.2020

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya Yevropadan Gretsiyaning ogohlantirilishini soradi. Ichki Ishlar vaziri Suleyman So‘ylu Marmarisdan qariyb 13 kilometr uzoqlikdagi Gretsiya hududiy suvlarida, ichida 3 kishi bor xususiy qayiqqa qarshi o‘q uzilishi masalasini baholadi. So‘ylu, “Ayniqsa inson huquqlari masalasida e’tiborsiz qolgan Yevropadan, Gretsiyani qilganlari bo‘yicha ogohlantirishini so‘rayman” dedi.

Star gazetasi: Gretsiya boyniga oldi va “Hech kim bizning Turkiya bilan bolgan munosabatimizni buzolmaydi.” dedi. Gretsiyada eng asosiy muxolafatdagi Siriza partiyasining hukmronligi davrida Mudofaa vazirligi vazifasini bajargan va Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshqarmasi raisi sifatida xizmat qilgan Evangelos Apostolakis, Oruch Reisning e’lon qilinishi ortidan boshlagan Turkiya - Gretsiya tarangligi haqida e’tirof qilgan mazmunda bayonotlar berdi. U bu haqida Gretsiyaning yolg‘iz qolishi mumkinligini eslatib o‘tgan holda hech kimning Gretsiya - Turkiya munosabatini buzolmasligini qayd etdi.

Haber Türk gazetasi: Istanbul aeroporti dunyoda yangi muvaffaqiyatni birinchilardan bolib qolga kiritdi. Covid – 19 pandemiyasi jarayonida ko‘rgan chora va tadbirlari hijatidan e’tiborlarni o‘ziga qaratgan Istanbul aeroporti, Xalqaro aeroportlar kengashi (ACI) tomonidan 2020 – yilning 24 – iyulida boshlatilgan Aeroport Sog‘liqni saqlash akkreditatsiyasi (Airport Health Accrediation) dasturi doirasida berilgan sertifikatni olgan dunyodagi birinchi aeroport degan unvonga ega bo’ldi.  

Hürriyet gazetasi: Fransiyaning yirik shirkati Turkiyaga investitsiya kiritmoqda. Fransiyaning Imerys shirkati, “Turkiyada nufuzli o‘ringa ega bo‘lgan Haznedar bilan birgalikda turk bozoridagi o‘rnimizni mustahkamlash niyatidamiz” dedi.  

Sabah gazetasi: Ikki kunda 40 ming rus saayoh keldi. Antaliya shahar hokimi Ersin Yaziji, shaharga ikki kunda qariyb 40 ming rus sayyohning kelganini ma’lum qildi. Tunov kuni 22 ming, kecha esa 17 ming 571 rus sayyohning shaharga kirganini eslatib o‘tgan Yaziji, “Qariyb 10 ming nafardan kelayotgan sayyoh soni kechadan beri 34 ming 996 nafarga yetdi.” dedi.



Aloqador xabarlar