Matbuot sharhlari 30.07.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1464639
Matbuot sharhlari 30.07.2020

Sabah gazetasi: Hulusiy Akar: “Hamma Turkiya Respublikasi qabul qilgan qarorlarni hurmat qilishi kerak.” Milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar, “Ayo Sofiya jome’ masjidining ochilishi butunlay Turkiya Respublikasi davlatining mustaqillik haqqidir. Bu borada Turkiya Respublikasi tashkilotlaridan boshqa hech kimning nimadir deyishga haqqi yo‘q. Hamma Turkiya Respublikasi qabul qilgan qarorlarni hurmat qilishi kerak” dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Idlib Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi. Turk askarlarinnig qarorliligi natijasida barqaror hayotga qo‘l yetkazgan idlibliklar, o‘zlari tasvirga olgan videolavha orqali Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi. Videoda suriyalik bir kishi quyidagi ifodalarga o‘rin beradi: “Turk askarlariga minnatdorchilik bildiramiz. Ular biz uchun oilasini, yurtini tashlab keldi bu yerga. Uch yildan beri mana shu yerdalar. Turk askarlari bu yerda katta – kichik hammani hurmat qiladi. Bizga judayam yaxshi munosabatdalar. Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga minglab salom yo‘llaymiz.”

Hürriyet gazetasi: Germaniyaning turizm jurnali koronavirusga qarshi kurash masalasida Turkiyaga maqtov yogdirdi. Germaniyada chop etilgan turizm jurnali “Touristik Aktuell”, “safe tourism” bo‘yicha sertifikatlantirilgan dam olish imkonlari haqida qalamga olgan bir maqolasida, Turkiyaning koronavirusga qarshi ko‘rgan chora va tadbirlariga maqtov yog‘dirdi. Unda, Turkiyada gigiyena qoidalariga judayam yaxshi e’tibor berilganiga alohida to‘xtab o‘tildi.

Vatan gazetasi: Sumela monastrini tanitish uchun maxsus internet sayti tayyorlandi. Prezidentlik apparati qoshidagi Aloqalar bo‘limi yetakchiligi Sumela monastrining tanitilishi uchun “sumela.gov.tr” deb nomlangan internet sayti tayyorladi. “Anado‘lining yashirin yodgorliklari kun yuzasiga chiqmoqda” degan so‘zlar ila muxlislarini qarshi olgan internet saytida, Sumela monastrining tarixi, arxitekturasi, qayta tiklash faoliyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, fotogalereyalar o‘rin olgan.

Star gazetasi: 350 nafar olim ishtirok etgan 6G faoliyatlarida 3 Turk olimi ham bor. Dunyoning turli o‘lkalaridan 350 olim, 6G uchun faoliyat olib bormoqda. Finlandiyada, Finlandiya akademiyasi tomonidan tashkil etilgan bu guruhda Turkiyadan 3 olim shu jumladan professor doktor Erdal Panayirji, dotsent doktor Serhat Erkuchuk, o‘qituvchi doktor Yalchin Shadi ishtirok etmoqda.  



Aloqador xabarlar