Matbuot sharhlari 24.07.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1461223
Matbuot sharhlari 24.07.2020

Hürriyet gazetasi: Turkiya Fransiyaga e’tiroz bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Fransiya Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida tashlagan noto‘g‘ri qadami orqali betaraflik va barqarorlikka hissa qo‘shish imkonini qo‘ldan boy bermoqda. Fransiya o‘zini tepada ko‘rishdan voz kechishi, aqlli va oqilona siyosat kuzatishi lozim” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Tahdid yoki sanksiya haqidagi so’zlarni aslo qabul qilmaymiz. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin tadbirlardan birida so’zlagan nutqida, “Sharqiy O’rta yer dengizidagi barcha tabiiy manbaalarning odilona ravishda bo’lishilishini xohlaymiz. Biz faqatgina haqqimizni himoya qilish uchun u yerdamiz. Tahdid yoki sanksiya haqidagi so’zlarni aslo qabul qilmaymiz” dedi.

Star gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an, Ayo Sofiya jome’ masjidi lavhasini ochib berdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, 86 yil ortidan ibodatga ochilgan Ayo Sofiya jome’ masjidini kecha ko’rib chiqar ekan ayni vaqtda “Ayo Sofiya buyuk masjidi” degan ma’noni anglatuvchi “Ayasofya – i Kebir Cami Şeridi” deb yozib qo’yilgan lavhani ham ochib berdi.

Sabah gazetasi:Ayo Sofiya uchun maxsus pul. G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, zarbxonaning Ayasofiya uchun maxsus pul bostirganini ma’lum qildi. Albayrak, ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida, “Zarbxonamiz tomonidan bosilgan #AyasofyaCamii maxsus pulimiz orqali tarixga yana bir sahifa ilova etyapmiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Haber Türk gazetasi: Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri: “Turkiya yomon kunda Ozarbayjonning yonida boldi.” Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov, Armanistonning hujumlariga qarshi Turk rasmiylarining munosabatiga to‘xtalar bu vaziyatni, qardosh Turk xalqining yomon kunda Ozarbayjonning yonida bo‘lishining yaqqol ko‘rsatkichi deb baholadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar