Matbuot sharhlari 21.07.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1459202
Matbuot sharhlari 21.07.2020

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdoganning Kipr haqidagi bayonoti. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha Shimoliy Kipr Turk Respublikasining 46 – yilligi munosabati bilan bergan bayonotida, Kipr turkining qarorli kurashida har doim yonida bo‘lgan Turkiyaning 46 yil muqaddam bo‘lganidek bugun ham Kipr turkining tinchlik, barqarorligining kafili ekanligin belgilab o‘tgan holda, “Orol muammosining to‘g‘ri va doimiy ravishda hal qilinishi faqatgina Kipr turkining teng statusining qabul qilinishi yo‘li orqaligina mumkin” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Hulusiy Akar: “Xafterga korsatilgan yordamning tezlik bilan toxtatilishi kerak” dedi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akarning taklifiga binoan Liviya Ichki ishlar vaziri Fethi Boshog‘a bilan Malta Milliy Xavfsizlik va Ichki Ishlar vaziri Bayron Kamilleri ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish ortidan bayonot bergan Akar, “Liviyaning tinchligi va xududiy yaxlitligiga monelik qilgan Xafterga ko‘rsatilgan yordamlarning tezlik bilan to‘xtatilishi kerak” dedi.  

Vatan gazetasi: Ruxsar Pekjan, Pokistonning umumiy virtual savdo hay’ati dasturida gapirdi. Savdo vaziri Ruxsar Pekjan, Pokistonning do‘st va qardosh o‘lka bo‘lishdan tashqari Turkiyaning muhim savdo sherigi ekanligini belgilab o‘tgan holda, “850 million dollarlik savdo hajmi har ikkala mamlakatning ham potentsialini aks ettirmaydi. Bu, eng qisqa vaqt ichida 1 milliard dollardan ortishi kerak” dedi.

Hürriyet gazetasi: Fatih, Qora dengizda burgulash faoliyatlarini boshladi. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez, Farih burg‘ulaj kemasining Qora dengizdagi ilk faoliyatini boshlatganini qayd etdi. Mavzu haqida Twitter hisobida qoldirgan postida, Qora dengizda olib borilgan neft va gaz qidirish masalasida, “Bo‘lsa albatta topamiz” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Kochmas – mulk sotishlarida 32 foiz ortish kuzatildi. 2020 – yilning ilk yarmida Turkiyada ko‘chmas mulk sotishlarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga ortish kuzatildi. Mamlakatda yilning ilk yarmida 581 ming 798 uy sotildi, bu davrda eng ko‘p uy sotilgan viloyat Istanbul bo‘ldi.



Aloqador xabarlar