Matbuot sharhlari 13.07.2020

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g'an, Ayasofyani ibodat qilishga qaytadan ochish to'g'risidagi qarorga tegishli "Ayasofyaning  maqomi bilan bog'liq eng oxirgi qaror qabul qiluvchilar  boshqa odamlar emas, balki Turk millatidir.

1453937
Matbuot sharhlari 13.07.2020

Matbuot sharhlari 13.07.2020

Hurriyat "Prezident Erdog'anning Ayasofya haqidagi bayonoti"

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g'an, Ayasofyani ibodat qilishga qaytadan ochish to'g'risidagi qarorga tegishli "Ayasofyaning  maqomi bilan bog'liq eng oxirgi qaror qabul qiluvchilar  boshqa odamlar emas, balki Turk millatidir. Bu bizning ichki  masalamizdir. Boshqa mamlakatlar esa qabul qilingan qarorga  faqat hurmat qilishlari kerak” deya qayd etdi.

Star "Chavushog'ludan Liviya to’g’risida ochiq bayonot"

Financial Timesaga  bergan intervyusida, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu Liviya hukumati mamlakat sharqidagi noqonuniy qurolli kuchlar yetakchisiga aloqador kuchlar Sirte va Jufra hududlaridan  chiqib, 2015 yildagi  o'z saflariga qaytgan taqdirdagina sulhni qabul qilishlari mumkinligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, Liviya hukumati Hafterga qarashli  kuchlar ushbu mintaqalardan tortib olinmagan taqdirda , hujumni davom ettirishga qarorli deya qayd etdi.

Vatan " Turkiya va Ko'rfaz davlatlari o'rtasida virtual savdo ko'prigi tashkil etiladi"

Turkiya Savdo vazirligi  Dubay savdo attashesining tashabbusi bilan Ko‘rfaz mamlakatlari va Turkiya o’rtasida  elektron tijorat platformasi maqsadli virtual savdo ko'prigi tashkil etiladi.

Sabah gazetasi, "Biz dunyodagi  uch davlatidan biriga aylandik.

Mudofaa Sanoat Boshqarmasi rahbariyati  Turkiya qurolli kuchlari (TQK) inventarizatsiyasida barcha M60T tanklarini M60TM konfiguratsiyasiga  ko’tardi. "Tanklarimizni faol himoya tizimlari bilan modernizatsiya qilish orqali biz ushbu imkoniyatga ega bo'lgan dunyoning uch mamlakatidan biriga aylandik", dedi mudofaa sanoati prezidenti Ismoil Demir.

Yenisafak "Turkiyaning mahalliy va qurol jihozlari  onlayn o'yinda "

Turk Mod jamoasi a'zolari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta'minot bilan dunyodagi eng ko'p o'ynagan FPS (Birinchi odam otishma-birinchi odam otishuvchisi) onlayn o'yinlari, Bayraktar IHA va SİHA, Anka, Ko’bra, Akrep, Kirpi, Atak vertolyoti va Oltay tanki, o'q-dorilar va qurollari ham o’yinga qo'shilgan. Shu tarzda,  o’yin o’ynayotganlar Turk Qurolli Kuchlari yoki Furot qalqoni, Zaytun  novdasi , Tinchlik  bulog’i  va Liviya operatsiya  hududlarida ishlashlari mumkin.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar