Matbuot sharhlari 02.06.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1428083
Matbuot sharhlari 02.06.2020

Star gazetasi: Faxrettin Ko‘janing qat’iy chora va tadbirlar haqidagi bayonoti. Sog‘likni Saqlash vaziri Fahrettin Ko‘ja kecha Twitter hisobi orqali Turkiyadagi yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi haqidagi oxirgi vaziyatdan xabar bergan bayonotida, “Sog‘ayib ketgan bemorlarimizning umumiy soni 130 ming nafarga yetdi. Yangi holatimiz soni biz kutgandek. Sun’iy nafas olishga ehtiyoji borlar soni kamaymoqda. Bundan keyingi jarayonda qo‘lning tozaligi, niqob va ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilishimiz zarur. Tadbirlarga qanchlaik amal qilsak, ana shunchalik yaxshi natija olamiz” degan ifodalarga o‘rin berdi.    

Sabah gazetasi: Omer Chelik Kiprning grek qismi yetakchiligi himoyasidagi jome’ masjidiga qarshi qol urilgan hujumga e’tiroz bildirdi. Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik Kiprning grek qismi yetakchiligi himoyasidagi Limassol shahrida joylashgan Ko‘prulu jome’ masjidini yoqib yuborish tashabbusi haqidagi hujumga e’tiroz bildirib bu haqida: “Grek yetakchiligi islom dushmanlariga, fashistlarga qarshi chora ko‘rishi kerak. Islomga qarshi dushmanchilik orttiruvchi siyosat yoki ommaviy axborot vositalariga qarshi kurashishi shart. Aybdorlarni esa tezlik bilan topishi darkor” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Fatih deb nomlangan burgulash kemasi Trabzonda. Qora dengizda birinchi burg‘ulash faoliyatlarini amalga oshirish maqsadida Istanbuldan kuzatib qo‘yilgan Fatih burg‘ulash kemasi, Trabzonga yetib bordi. Marosim bilan kutib olingan kema o‘z faoliyatini 15 – iyulda boshlaydi.

Haber Türk gazetasi: Havo yolida ichki qatnovlar oz ishini boshladi. Yangi turdagi koronavirus (Covid – 19) ga qarshi kurash asosida yo‘lga qo‘yilgan cheklovlarning bekor qilina boshlashi bilan havo yo‘li qatnovlari ham kecha o‘z ishini boshladi. Istanbul – Anqara safarlarinnig birinchi yo‘lovchilaridan biri bo‘lgan Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu, “Hamma niqob taqishga majbur. Ijtimoiy masofaga toliq amal qilinadi va gigiena choralari ko‘riladi. Bunga mutlaqo amal qilinadi.” dedi.

Vatan gazetasi: Turkiyaning qurolli uchuvchisiz havo vositalariga (SIHA) maqtov yogdirilmoqda. Germaniyaning Der Spiegel jurnali Turkiyaning yashirin ravishda yangi qurolli uchuvchisiz havo vositalari (SIHA) kuchiga aylanganini qayd etdi. Mahalliy va chet eldagi amaliyotlarda faol foydalanilayotgan Bayraktar TB2uchuvchisiz havo vositasi (IHA) haqida ham e’tiborlarni o‘ziga jalb etgan ifodalarga o‘rin berdi. Bayraktar TB2ning Turk mudofaa sanoatidagi eng muvaffaqiyatli mahsulot ekanligi aytildi.



Aloqador xabarlar