Matbuot sharhlari 14.05.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1417209
Matbuot sharhlari 14.05.2020

 

 

Yeni shafak gazetasi: "Ko’ja: “Karantin choralari bosqichma-bosqich va ehtiyotkorlik bilan yumshatiladi”

Turkiya Sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining Yevropa bo’yicha mas’ul direktori Hans Kluge bilan videokonferensiya shaklida muloqot qildi.

Hans Kluge COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda butun dunyoga o’rnak bo’layotgani va kurashdagi muvaffaqiyati, qolaversa xalqaro hamjihatlik va yetakchiligi uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

“Koronavirusga qarshi muvaffaqiyatli kurashimiz Turkiyada normal hayotga qaytish rejasiga zamin yaratdi. Hozirda mavjud karantin choralarini bosqichma-bosqich va ehtiyotkorlik bilan yengillatish rejalanmoqda”,-deb aytgan Fahriddin Ko’ja.

 

Xabar turk gazetasi: "Mustafo Varankning mahalliy tashxis kiti haqida bayonoti”

Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank kasallikka ertaroq tashxis qo’yish bo’yicha PCR metodiga qo’shimcha variant sifatida yangi zamonaviy kit ishlab chiqarilganligini bildirib, “Buning ilk nushasini iyunda tamomlash rejalanmoqda”,-dedi.

 

Star gazetasi:  “Turkiyada kelgusi yil 6 foiz rivojlanishdan umidvormiz”

Yevropa qayta qurish va taraqqiyot bankining (EBRD) bosh ekonomisti Roger Kally neft bahosidagi pasayish joriy hisob va inflyatsiya jabhasida ijobiy ta’siri kuzatilishini bildirib, “Hozirgi taxminimiz shuki, turk iqtisodiyoti kelgusi yilda o’ta kuchli darajada, taxminan 6 foiz rivojlanishi mumkin”,-dedi.

 

Vatan gazetasi: "Yevropaning eng uzun tuneli bo’ladi”

Sharqiy Qora dengiz mintaqasi bilan Yaqin sharq, Kafkazlar va Eron o’rtasida ko’prik vazifasini o’taydigan tarixiy ipak yo’li o’tgan guzargohda Yangi Zigana tuneli qurilishining 68 foizi yakunlandi.

Ushbu transport vositalari o’tish tuneli dunyo bo’yicha ikkinchi, Yevropa bo’yicha esa 14.5 km kvadratlik eng uzun juft liniyali transport tuneli bo’ladi.

 

Sabah gazetasi: "Chukurovaning o’rigi Ruslar nigohida”

Chukurova tumanining sermahsul tuproqlarida yetishgan o’riklar dunyoning ko’plab davlatlariga eksport qilinmoqda. Adananing Ko’zan tumanidan Rossiya va boshqa ko’plab davlatlarga meva eksport qilgan tadbirkor Ahmed Sujak Chukurova tumanidan 500 ming dollarlik mahsulot eksportini amalga oshirganligini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar