Matbuot sharhlari 07.04.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1393148
Matbuot sharhlari 07.04.2020

Habertürk gazetasi: Ataturk aeroporti va Sanjaktepeda koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash doirasida 2 ta kasalxona quriladi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Prezidentlik apparatining kabina yig‘ilishi ortidan uyushtirgan matbuot anjumanida, Istanbulda 2 ta kasalxona qurilishini belgilab o‘tgan holda, “Yeshilko‘y Ataturk aeroporti maydonida 1000 kishilik kasalxona qurish bo‘yicha tuzilgan rejalar ustida kerakli faoliyatlar davom etmoqda. Sanjaktepeda ham bir qavatlik kasalxona quryapmiz. Ular qurilishini 45 kunda tamomlab, xalqimiz xizmatiga havola etamiz” dedi.   

Sabah gazetasi: Prezident Erdoganga maktub yozib, virusga qarshi kurash masalasida yordam soradi. Serbiyaning Sanjak mintaqasida (aholisning ko‘pchiligini bosniyaklar tashkil etadi) faoliyat olib borgan Bosniyak Milliy kengashi shuningdek, Shimoliy Makedoniya Tashqi Ishlar vaziri Nikola Dimitrov yangi turdagi koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash masalasida Turkiyadan yordam so‘radi.

Hürriyet gazetasi: Koronavirusga qarshi Xitoydan keyin dunyoda birinchi marotaba Malatiyada zardob terapiyasi deb ataladigan qon plazmasi transfuziya qilindi. Yangi turdagi koronavirusga qarshi qon plazmasini transfuziya qilish ishlari dunyoda Xitoydan keyin birinchi marotaba Turkiyaning Malatiya viloyatida joylashgan va Turgut O‘zal deb nomlangan Ino‘nu universiteti qoshidagi Tibbiy markazda boshladi. Unda 80 foiz muvaffaqiyatli natija olingan davolash usuli uchun, koronavirusdan butunlay sog‘ayib ketgan kishilardan, davolash ishlari davom etgan kasallarga qon plazmasi transfuziya qilinmoqda.

Yeni Shafak gazetasi: Fitch Ratings, Turkiyaga xush xabar berdi. Unga kora osish davom etadi. Koronavirusdan dunyo iqtisodiyoti ham o‘z ulushini olar ekan xalqaro kredit reyting agentligi Fitch Ratings, Turkiyaga xush xabar berdi. Fitch direktori Douglas Vinslovning qayd etishicha Turkiyada shu yilning uchinchi choragidan e’tiboran o‘sish davom etadi. Buning 2021 - yili 4.5 foizga yetishi kutilmoqda.

Star gazetasi: AQSh, Italiya va Ispaniyaning turk meva va sabzavotlariga bolgan talabi ortdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Italiya va Ispaniya mart oyida koronavirus infektsiyasidan vafot etganlar va yuqtirib olganlar soni bo‘yicha e’tiborlarni o‘ziga qaratar ekan uchala mamalaktning ham bu davrda Turkiyaning yangi meva va sabzavotlariga bo‘lgan talabining ortgani kuzatildi.  

 



Aloqador xabarlar