Matbuot Sharhlari 31.03.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1388616
Matbuot Sharhlari 31.03.2020

Vatan gazetasi: Prezident Erdogan milliy birdamlik kampaniyasi boshlatdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi kurashda (moddiy jihatdan o‘z muammomizni o‘zimiz hal qilamiz degan ma’noda) “Biz Bize Yeteriz Türkiyem” degan nom ostida boshlatilgan Milliy Birdamlik kampaniyasi uchun Oila, mehnat va ijtimoiy xizmatlar vazirligi tomonidan yordam hisobi ochilganini ma’lum qildi. Erdo‘g‘an, Turkiyaning sog‘likni saqlash tarmog‘i infratuzilmasi vaziyatining dunyoning boshqa davlatlariga qaraganda yaxshi ekanligini eslatib o‘tgan holda, “Har bir ehtiyojimizni o‘zimiz qondira olamiz” dedi.  

Star gazetasi: Turkiya koronavirusga qarshi kurashda muhim qadam tashladi. Turkiyaning Tokat viloyatida joylashgan Gazio‘smanpasha universiteti (TOGÜ) Muhandislik va tabiiy fanlar fakulteti Biyomuhandislik kafedrasida, koronavirusni aniqlashda foydalaniladigan mahalliy va milliy ferment ishlab chiqarildi. Universitet rektori o‘rinbosari va biyomuhandislik kafedrasi o‘qituvchisi a’zosi professor doktor Isa Go‘kche, Xitoydan kelgan koronavirusni aniqlash jihozlarida 30 - 40 foizlik noto‘g‘ri natija olish ehtimoli borligini, mahalliy va milliy fermentlar bilan tayyorlanadigan diagnostika vositalarida esa 99. 99 foiz to‘g‘ri tashhis qo‘yish imkoni borligini qayd etdi.  

Sabah gazetasi: Xalqaro valyuta fondi: “Turkiya yordam soragan davlatlari royhatida emas”. Xalqaro valyuta fondi (IMF) ning Yevropa departamenti direktori Poul Thomsen, Yevropaning yirik iqtisodiyotining koronavirus tufayli Yalpi ichki mahsulot hajmining 3 foizga pasayish arafasida ekanligini ma’lum qildi. Thomsen, Turkiyaning yordam so‘ragan davlatlar orasida emasligini qayd etdi. Koronavirus epidemiyasi dunyo iqtisodiyotiga ziyon yetkazishni davom ettirar ekan dunyoning 81 ta davlati, IMFdan yordam so‘ragandi.     

Haber Türk gazetasi: Koronavirus bandlikni orttirdi, ishga qabul qilish yorishi boshladi. Koronavirus epidemiyasi tufayli dunyoda bir necha shirkat va shirkat xodimlari kelajagidan xavotirga tushar ekan Turkiyada ba’zi firmalar oldidagi talablarga javob berishda qiynalmoqda. Ayniqsa marketlar epidemiya bilan birga ham do‘konlarda, ham online sotishlarda muhim ortishlarga duch keldi. Migros va Shok (Şok) marketlari, xodim izlay boshladi. Migros ishga 1000, Shok esa 5 ming xodim olmoqchi ekanligini ma’lum qildi.   

Yeni Şafak gazetasi: Uchuvchisiz havo vositasi va uchuvchi sonida rekord ortish bor. Turkiyada Uchuvchisiz havo vositasi va uchuvchi sonida rekord ortish bor. O‘tgan 2019 - yildan e’tiboran UHV soni 34 ming 150 taga, uchuvchi kasbiga ega kishilar soni esa 52 ming 120 nafarga yetdi. Hajmi 500 gram va undan ortiq UHV sotganlar, xarid qilganlar, ishlab chiqargan va import qilganlar shuningdek, uchirganlarning tizimda qayd ettirishlari majburiy holga keltirildi.  

 



Aloqador xabarlar