Matbuot sharhlari 13.02.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1358827
Matbuot sharhlari 13.02.2020

 

 

Yeni shafak gazetasi: “Hujumlar davom etsa, Sochi bitimiga qaramay, rejim kuchlarini o’qqa tutamiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ak partiya majlisida Suriyaning Idlib viloyatidagi o’zgarishlar haqida ma’ruza qildi.

“Idlibda turk kuzatuv punktlaridagi yoki boshqa hududlardagi bironta askarimizga zarracha ziyon yetgan taqdirda, bugundan e’tiboran Idlib va Sochi bitimida belgilangan chegaralarga amal qilmasdan rejim kuchlarini havoda va quruqlikda yer bilan yakson qilishimizni e’lon qilmoqchiman”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Sabah gazetasi: “Ankarada o’ta muhim uchrashuv” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin AQShning Suriya bo’yicha maxsus vakili Jeyms Jeffrey bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Idlibda Suriya hukumati kuchlari tomonidan turk kuzatuv punktlarining o’qqa tutilishiga ko’z yumib bo’lmasligi qayd etildi. Idlib memorandumi doirasida turk askarlari va tinch aholi xavfsizligini ta’minlashda Turkiyaning qat’iy ekanligi qayd etildi.

 

Star gazetasi: “Turkiyani F-35 dasturidan chiqarish chiqimni oshiradi va savdoni tushiradi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp taxminan 4.8 trillion dollarlik 2021 yilgi byudjet taklifini kongressga taqdim etdi. Davlat byudjeti bo’yicha taklifning mudofaa harajatlariga doir bo’limida Turkiya haqidagi diqqat qaratuvchi bir xusus o’rin olgan; Ushbu bo’limda “Turkiyani F-35 dasturidan chiqarish F-35 qiruvchi samolyotlarni ishlab chiqarishda katta chiqimga olib keladi va ishlab chiqarish miqdorini kamaytiradi” degan ifodalar o’rin olgan.

 

Hurriyat gazetasi: “Istanbul aeroporti xuddi Turkiyaning 82-shahridek xizmat bermoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Istanbul aeroporti yo’lovchi soni, iste’molchi raqamlari, savdo do’konlari va bir shaharda bo’lishi zarur bo’lgan barcha xizmat joylarining mavjud bo’lishi jihatidan Turkiyaning go’yo 82-viloyatidek xizmat bermoqda.

Kunda taxminan 200 ming yo’lovchi va 1200 ta samolyot qabul qilgan Istanbul aeroporti o’z qoshidagi mehmonxonalar, salomatlik markazlari, dorixonalar va boshqa ko’plab xizmat joylari bilan katta shahardan farqi yo’qligi bilan diqqat jalb etadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar