Matbuot sharhlari 27. 01.2020

Prezident Erdo’g'an, Elazig’ zilzilasi bilan bog'liq oxirgi vaziyat haqida muhim bayonotlar berdi : "Davlatimiz zilziladan beri barcha tashkilot va  imkoniyatlari bilan fuqarolarning xizmatida deya" qayd etdi.

1347889
Matbuot sharhlari 27. 01.2020

 

Hurriyat: Erdo’g’anning Elazig’ zilzilasi haqidagi bayonoti

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Jazoir tashrifidan  oldidan Istanbul Otaturk aeroportida nutq so’zladi. Erdo’g'an Elazig’ zilzilasi bilan bog'liq oxirgi vaziyat haqida muhim bayonotlar berdi : "Davlatimiz zilziladan beri barcha tashkilot va  imkoniyatlari bilan fuqarolarning xizmatida deya" qayd etdi.

Yeni Shafak: "Vitse-prezident Fuat O’ktay: Zilzila sohadasi  juda professional  faoliyat olib borilmoqda"

Vitse-prezidenti Fuat O’ktay, zilziladan keyin darhol  Turkiya ofatlarga aralashish  rejasi doirasida  izlash- qutqarish faoliyati zudlik bilan amalga oshirildi dedi. Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish  rahbariyati  (AFAD) inqirozlarni muvofiqlashtirish markazidagi vakillardan  zilzila zonasidagi ishlar to'g'risida ma'lumot olgan Oktay, AFAD xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.  "Biz har jihatdan zilzila zonasida  voqeani  yaxshi  boshqarib bormoqdamiz . Bu sohada juda professional ish olib borildi" deya qayd etdi.

Sabah gazetasi, “Ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu tomonidan zilzila to'g'risida bayonot”

Kecha ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu Elazig’dagi 6.8 ball darajadagi zilzila haqida bayonot berdi. U 45 kishi tiriklayin  xaroba tagidan  qutqarganligi haqida ma'lumot berdi. Vazir So’ylu, shuningdek, zilzila  hududida 10 mingdan ortiq chodir yuborilganligini  ham  qayd etdi.

Star: "Turkiyaning temir yo'l transport eksporti 147  foiz oshdi"

Turkiyaning  2019 yili  temir yo'li transport  eksporti oshdi,  eksporti o'tgan yiliga  ko’ra 147 foizga oshdi

Uludag’Avtomobil Sanoat Eksportchilari Uyushmasidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 2018 yilda 27 million 634 ming dollar bo'lgan avtomobil sektorining kichik guruhlaridan temir yo'l transporti vositalarining eksporti esa 2019 yilda 68 million 457 ming dollarni tashkil qildi deb  bildirdi.

Habar turk gazetasi: “Jedi O’smandan  zilziladan jabrlanganlarga yordam”

Amerika basketbol ligasida (Klivlend Cavaliers) formasida o'ynagan milliy basketbolchimiz Jedi O’sman Elazig’da zilziladan jabrlanganlarga  uchun yordam  kompaniyasi uyushtirdi. Klivlend - Chikagodagi uchrashuvda har uchtasi uchun 100 dollar xayriya qilishini e'lon qildi va keyin bu raqamni 200 dollargacha oshirdi. Ko'plab taniqli ismlar ham qatnashgan  ushbu yordam kompaniyasida 385 ming lira yig'ildi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sharhlar , #Yangiliklar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar