Matbuot sharhlari 24.12.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1328860
Matbuot sharhlari 24.12.2019

Vatan gazetasi: Prezident Erdo'g’an muhim masalalar haqida bayonot berdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an kecha “2019-yil Fuat Sezgin yili” yopilish marosimida nutq so’zladi. Unda mahalliy avtomobil haqida bayonot bergan Prezident Erdo'g’an, “Xudo xohlasa haftaning juma kuni Turkiyaning avtomobil loyihasi bilan tanishtiruv marosimida ishtirok etamiz” dedi.

Hürriyet gazetasi: O’mer Chelik muhojirlar masalasiga to’xtaldi. Adolat va taraqqiyot partiyasining Markaziy ijro kengashi yig’ilishi ortidan Matbuot xizmati kotibi O’mer Chelik kecha muhim masalalar haqida bayonotlar berdi. O’mer Chelik unda, “Bundan buyon muhojirlar masalasining Turkiyaga qaraganda ko’proq ittifoqdoshlarimizning masalasi, Yevropaning masalasiga aylanishini ochiq-oydin ifoda etamiz. Xalqaro hamjamiyatni Turkiyaning bu yukni bir o’zi ko’tara olmasligi haqida ogohlantirib qolamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Star gazetasi: Turkiya Saudiya Arabistoni Sudining Kashikchi jinoyati haqidagi qaroriga e’tiroz bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati haqida Saudiya Arabistonida sud tomonidan ma’lum qilingan va 5 kishiga o’lim, 3 kishini 24 yil ozodlikdan mahrum qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirdi. Aksoy, “Yurtimizda qo’l urilgan mazkur jinoyatni aniqlash va barcha javobgarlar bilan yopti-yopti qilishga uringanlarni aniqlab ularni jazoga tortish nafaqat huquqiy balki vijdoniy vazifa hamdir. Shunday ekan saudiyalik rasmiylardan sud masalasida hamkorlik qilish taklifimizni takrorlaymiz” dedi.

Sabah gazetasi: Istanbul aeroporti 50 millionchi yo’lovchisini safarga kuzatdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an va rafiqasi Emine Erdo’g’an tomonidan Istanbuldan Nyu-Yorkga sayohat qilayotgan Kobanbay oilasiga safari oldidan “50 millionchi yo’lovchi sovg’asi” taqdim etildi. Istanbul aeroporti Ijro kengash a'zosi Jamol Kalyonchu ham Kobanbay oilasiga 2 ta IGA PASS Premium a’zoligini sovg’a qildi.

Haber Türk gazetasi: Tuxum ishlab chiqaruvchilari arab bozoriga o’girildi. Turkiyaning nufuzli tuxum ishlab chiqaruvchi markazidan biri hisoblangan Afyonkarahisardan ishlab chiqaruvchilar, Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklari bozoriga o’girildi. Afyonkarahisar Savdo va sanoat palatasi Ijro kengashi raisi Husnu Serteser mavzu haqida bergan bayonotida, ishlab chiqaruvchilarning shu yilning aprel oyidan keyin Quvaytda 15, Suriyada 3, Qatar, BAA, Ummon va Bahrayn kabi davlatlarda ham jami 4 million dollarlik eksport yo’lga qo’yganliklarini ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar