Matbuot sharhlari 14.11.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1306443
Matbuot sharhlari 14.11.2019

 

 

Hurriyat gazetasi:“Bizning kurdlar bilan muammomiz yo’q…” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQShga tashrifi chog’ida terror tashkiloti PKK va uning Suriyadagi guruhi YPG bilan kurd xalqini bir-biridan farqi borligini bilish kerak.

“Bizning kurdlar bilan muammomiz yo’q. Biz uchun muammo bo’lgan narsa terror tashkilotidir. YPG/PYD - bular PKK terror tashkilotining Suriyadagi hamtavoqlaridir. Terroristni- terrorist deyish kerak. Agar hozir kurashmasangiz kelgusida buning jazosi juda og’ir bo’ladi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an: “Xavfsiz hududga 1 mln qochqinni joylashtirishimiz mumkin” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQShda Suriyadagi xavfsiz hudud haqida ma’lumot berdi.

“6 oy ichida xavfsiz hududga 1 mln qochqinni joylashtirishimiz mumkin. Yana 1 millionini Rakka va Deyr-u Zor hududiga joylashtirish mumkin”,-deb aytgan prezident Erdo’g’an.

Turkiya suriyalik qochqinlarga 40 mlrd dollar mablag’ sarflaganligiga diqqat qaratgan Erdo’g’an: “Afsuski, Yevropadan bizga faqatgina 3 mlrd evro yordam keldi xalos”,-dedi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham Turkiyaning 4 mln qochqinga mezbonlik qilayotganligini, bundan buyon Yevropa qochqinlar bo’yicha zimmasidagi majburiyatlarni bajarishi kerakligini ta’kidladi.

 

Star gazetasi: “Rasul-Aynda davlat kommunal xizmati berila boshladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi doirasida terroristlardan tozalangan Suriyaning Rasul-Ayn viloyatida salomatlik xizmati, suv, elektr va boshqa kommunal xizmatlar berila boshlandi. Rasul-Ayndagi vaziyat bilan tanishgan Turkiyaning Shanliurfa viloyati hokimi Abdulloh Erinning aytishicha,  mahalliy kommunal xizmatlarni o’z vaqtida va muntazam berib borish uchun Turkiyadan bir guruh mutahassislar Suriyaga keldi. Ular mahalliy xalqqa yordam ko’rsatadi.

 

Yeni shafak gazetasi:“Tayvan Turkiyaga 100 mln dollarlik investitsiya kiritadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Tayvan tashqi savdoni rivojlantirish kengashi rahbari Volter Yeh Tayvanning Turkiyadagi investitsiya faoliyatlari rivojlanganligi haqida ma’lumot berdi.

“Tayvanning eng yirik po’lat ishlab chiqarish zavodi Turkiyaning Kojaeli viloyatida 100 mln dollarlik po’lat zavodini quradi”,-deb aytgan Volter Yeh.

Uning ta’kidlashicha, Tayvan bilan Turkiya o’rtasida elektr, avtomobilsozlik va sanoat kabi sohalarda katta hamkorlik imkoniyatlari mavjud.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar