Matbuot sharhlari 08.10.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1284098
Matbuot sharhlari 08.10.2019

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdo'g’an Turkiyaning Bolqon siyosatining din asosida emasligini qayd etdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Serbiyaning, “Politika” deb nomlangan gazetasiga intervyu berdi. Unda “Bolqonlarga bo’lgan tarixiy va madaniy aloqalarimizga alohida e’tibor berish bilan birga Bolqon siyosatimizni din asosida olib borayotganimiz yo’q” degan Erdo’g’an, “Bolqon mamlakatlarining qayerida bo’lishdan qat’iy nazar barcha Bolqon xalqini bir-biridan ajratmay, necha asrlardan beri bo’lganidek kelajakda ham har tarmoqda, birgalikda hamkorlik qiladigan do’stlarimiz sifatida qabul qilmoqdamiz” dedi. 

Haber Türk gazetasi: Turkiya Suriyaning shimolida xavfsiz hududni bir o’zi tashkil etmoqchi. Suriyaning shimolida xavfsiz hudud tashkil etish masalasida ma’lum nuqtaga yetib kelindi. Amerika Qo’shma Shtatlari Turkiya tomonidan olib boriladigan amaliyotni qo’llab-quvvatlamasligi va aralashmasligini ma’lum qildi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an esa amaliyot haqidagi Turkiyaning qarorliligini ta’kidlagan holda, “Bir kun kechasi kutilmagan joydan kirib borishimiz mumkin” dedi. 

Vatan gazetasi: Janubiy-sharqda neft, Frakiyada esa tabiiy gaz topildi. Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do’nmez Turkiyaning nafaqat dengizlarda balki quriqlikda ham neft va tabiiy gaz qidirish faoliyatlarining jadal ravishda davom etganligini qayd etdi. Mamlakatning janubiy-sharqida neft topganliklarini eslatib o’tgan Fatih Do’nmez, bu haqida yaqinda to’liq ma’lumot beramiz. Undan tashqari Frakiyada tabiiy gaz topdik. Bularning sinovlari hali hanuz tamomlangani yo’q. Shuning uchun ham aniq qayerda ekanligini aytolmaymiz lekin shuni aytib o’tish joizki bularning hammasi ajoyib yangiliklardir” dedi.

Star gazetasi: Mudofaa va aviatsiya tarmog’i 1.9 milliard dollarlik eksport yo’lga qo’ydi. Turkiyaning Mudofaa va aviatsiya tarmog’i 2019-yilning 9 oyidagi eksportini 2018-yilning huddi shu davriga nisbatan 37.7 foiz orttirdi. Bu orqali mazkur tarmoq yuqorida nomi tilga olingan davrda yo’lga qo’ygan eng yuqori eksport raqamiga qo’l yetkazdi. O’tgan yilning yanvar oyidan boshlab sentabr oyigacha 1 milliard 346 million 869 ming dollardan iborat bo’lgan tarmoq eksporti, bu yil 9 oyda 1 milliard 855 million 247 ming dollarga yetdi.  

Sabah gazetasi: Etnosportda milliondan ortiq kishi ishtirok etdi. Jahon etnospor konfederatsiyasi tomonidan Istanbuldagi Atatürk aeroportida uyushtirilgan va butun dunyodagi an’anaviy o’yinlarning keng tarqashiga o’z hissasini qo’shgan IV Etnosport Xalqaro madaniy festivaliga turkiyaliklarning qiziqish katta edi. To’rt kun davom etgan festivalga qariyb 1 200 000 kishi tashrif buyurdi. Etnosport festivalida 12 turdagi an’anaviy sport turidan boshqa Turk madaniyatida alohida o’ringa ega bo’lgan oziq-ovqatlar, qo’l hunarmandchiliklari va bolalar o’yinlari namoyish etildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar