Matbuot sharhlari 27.09.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1277646
Matbuot sharhlari 27.09.2019

Sabah gazetasi: Prezident Erdo'g’anning BMTdagi so’zlari Kappadokiya samolarida. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ifoda etilgan “Dunyo beshdan katta emasdir” va "Turkiya Islom ummatining umudidir” degan so’zlari o’rin olgan bannerlar, ko’pincha chet ellik sayyohlar tashrif buyurgan Kappadokiyada, havoli sharlar orqali samoda uchirildi. Erdo’g’anning so’zlari bannerlarga ingliz tilida yozildi.

Yeni Şafak gazetasi: Islomofobiyaga qarshi telekanal o’z faoliyatini boshlaydi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Pokiston Bosh vaziri Imron Xon va Malayziya Bosh vaziri Mahathir Muhammadbilan AQShning Nyu-York shahrida uchrashuv o’tkazdi. Pokiston Bosh vaziri mazkur uchrashuv ortidan bergan bayonotida, “Prezident Erdo'g’an, Mahathir Muhammadva mening o’rtamda bo’lib o’tgan uchrashuvda uchala mamlakat, birgalikda, islomofobiya yaratagan qiyinchiliklarga qarshi kurash olib borish va muqaddas Islom dinimiz haqida noto’g’ri ma’lumotlarni tuzatish uchun ingliz tilida yangi telakanal tashkil etish haqida qaror qabul qildik” dedi.

Haber Türk gazetasi: Bir yilda 2611 nafar chet ellik Turk fuqaroligini oldi. Turk fuqaroligi qonuni to’g’risidagi nizomga o’zgartirish kiritilganidan beri bir yilda dunyonnig bir necha davlatidan shu jumladan AQSh, Rossiya, Kanada, Dominika Respublikasi, Braziliya, Komorlardan 2611 kishi Turk fuqaroligini olar ekan oilalari orqali Turk fuqaroligini qo’lga kiritgan chet ellik investorlarning soni 9 962 nafarga yetdi. Huddi shu davrda murojaat qilganlar soni esa 3859 nafar ekanligi ma’lum bo’ldi.  

Star gazetasi: Amerika Qo’shma Shtatlarining Turkiya masalasida ortga tisarilishining sababi. Mutaxassislar AQShning F-35 urush uchog’i dasturu bo’yicha ortga tisarilishining sababini, Turkiyadek strategik ittifoqini yo’qotishdan qorqishiga bog’lamoqda. AQShning Yaqin Sharqdagi manfaatlari uchun Turkiya bilan yaxshi munosabatda bo’lish istagiga e’tibor qaratgan mutaxassislar, “Turkiyaning Suriyaning Firot daryosining sharqidagi hududlarda xavfsiz hudud tashkil etish borasidagi qarori qat’iydir. Amerikaliklar Turkiyaning S-400 zenit raketa tizimini xarid qilib olishining F-35 uchun xavf tug’dirmasligini yaxshi biladi. Shuning uchun ham Anqara bilan bo’lgan munosabatida taranglikni kamaytirish say-harakati ichida” dedi.  

Hürriyet gazetasi: Guti Hernandez Istanbul haqida post qoldirdi. Ispaniyalik futbolchi Guti Hernandez kecha 5.8 magnitudali yer silkinishiga duch kelgan Istanbul xalqiga hamdardlik bildirdi. O’z davrida “Beşiktaş” jamoasida top tepgan va murabbiylik ham qilgan butun dunyoga mashhur futbolchi Эрнандес, ijtimoiy tarmoq Twitter orqali turk va ispan tilida “Bardam bol Turkiya” degan post qoldirdi.



Aloqador xabarlar