Matbuot sharhlari 17.05.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1203072
Matbuot sharhlari 17.05.2019

Haber Turk gazetasi: Rossiyadan olinadigan S-400 tizimlarining nazorati Turkiyaning qo’lida bo’ladi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Rossiyadan olinadigan S-400 zenit raketa tizimi nazoratining Turkiyada bo’lishini qayd etdi. Mevlut Chavusho’g’li Latviyaga bo’lgan amaliy tashrifi doirasida kasbdoshi Edgards Rinkevics bilan matbuot anjumani uyushtirdi. Mazkur anjumanda S-400 lar haqida bayonot bergan Chavusho’g’li, Amerika Qo’shma Shtatlarining S-400 larning, F-35 urush uchoqlari uchun xavf tashkil etishi haqidagi iddiosiga javob berar ekan bu haqida, “Biz ochiq-oydin aytdik. Rossiyadan olinadigan S-400 tizimlarining nazorati butunlay Turkiyaning qo’lida bo’ladi” dedi. Chavusho’g’li shuningdek, AQShga, mavzu haqida birgalikda ishchi guruhi tashkil etilishi kerakligi haqidagi taklif bilan chiqqanliklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Star gazetasi: Putin, turklar bilan faoliyat olib borishning yana-da qulay ekanligini qayd etdi. Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Amerika Qo’shma Shtatlari va ba’zi Yevropa davlatlari tomonidan turtli yo’llar orqali to’siqlik qilinishiga qaramay qurilish ishlari haligacha davom etgan rus tabiiy gazini Yevropaga yetkazib beradigan “Shimoliy Oqim 2” tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasi haqida gapirar ekan Turk Oqimini nazarda tutgan holda, “Turklar bilan faoliyat olib borish yevropaliklarga qaraganda yana-da qulayroq. Chunki Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an qaror qabul qilishibilanoq, uni yo’lga qo’yish ishlari boshlatilmoqda” deya gapirdi.

Yeni Shafak gazetasi: Moody’s, Turk iqtisodiyotining kuchli jihatlarini ma’lum qildi. Xalqaro reyting agentligi Moody’s Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari xavflari guruhi yetakchisi Yves Lemay, Angliya poytaxti Londonda o’tkazilgan Moody’s rivojlangan bozorlar sammitida Turk iqtosodiyotining kuchli jihatlariga to’xtaldi. Lemay, “Turkiyaning iqtisodiy turi, yirikligi, yosh ishchi kuchi va hukumatning balans jadvali iqtisodiyotning kuchli jihatlari orasidadir” dedi.

Sabah gazetasi: Chet elliklarga eng ko’p aprel oyida uy-joy sotilganligi ma’lum bo’ldi. Chet elliklarga nafaqat yilning birinchi choragida balki ikkinchi choragining birinchi oyi yani aprel oyida ham ko’plab uy-joy sotilganligi aniqlandi. Bunga ko’ra yilning birinchi to’rt oyida 13 ming 338 ta uy sotilgan. O’tgan yilning yanvar oyidan boshlab aprel oyigacha chet elliklarga 7 ming 341 ta uy sotilar ekan, bu ham 82 foizliklik ortishni ko’rsatdi. Bu yilning aprel oyida chet elliklarga uy-joy sotilishida o’tgan yilning shu davriga nisbatan 82.1 foizlik ortish kuzatilar ekan 2 ming 43 tadan 3 ming 720 taga ko’tarildi. Bu orqali chet elliklarga uy-joy sotish bo’yicha tarixning eng samarali aprel oyi raqamlari kuzatildi.

Hurriyet gazetasi: Britaniyaliklar, bu yilgi yoz mavsumida Turkiya dengizlarida dam olinadigan eng a’lo 10 ta nuqtani tanladi. Britaniyaning The Telegraph muharrirlari, 2019-yili Turkiya dengizlarida dam olinadigan 10 nuqtani tanladi. Ro’yhatga besh yulduzli mehmonxonalar o’rin olgan Antaliya, Kemer, Chirali, Kalkan, Kash, Alanya, Side, Mug’la, Cheshme, Fethiye, Bodrum kiritildi.

 



Aloqador xabarlar